Kelndagi terror tahdidida gumon qilinib, beshinchi odam hibsga olingan

  • Amerika Ovozi

Keln, Germaniya

Germaniyaning eng taniqli turistik va diniy maskanlaridan biri, Keln shahridagi katolik ibodatxonasiga hujum uyushtirishni rejalaganlikda gumon qilinib, beshinchi shaxs hibga olingan.

41 yoshli turk erkak yakshanbadan dushanbaga o'tar kechasi Boxum shahrida ushlangan. Yakshanba kuni, yangi yil oldidan uch kishi, sal oldin esa bir kishi qamoqqa olingan edi.

Ularning hammasi ekstremist tashkilotga aloqadorlikda shubha qilinadi. Mutasaddilarga ko'ra, shaxslar Yevropa bo'ylab faoliyat yuritadigan terror guruhining a'zolari sifatida taxmin qilinmoqda.

Buni ham ko'ring Oq uy: Al-Qoida lideri yo'q qilindi, ammo terrorizm tahdidi so'nmagan

Hibsdagilardan biri - tojikistonlik 30 yoshli erkak. Boshqa ma'lumotlarni xavfsizlik organlari oshkor etmayapti.

Germaniya matbuotining yoritishicha, Kelndagi ibodatxona yonida portlovchi moddalar bilan to'ldirilgan mashina qo'yilishi rejalangan bo'lgan.

Politsiya bundan xabar topgach, cherkov va uning atrofini izchil tekshirgan, biroq portlovchi hech narsa chiqmagan.

Hudud rahbariyati terror xavfi hamisha borligini va cherkov bayram oldidan gavjumlashishigni e'tirof etgan.

Portlash ehtimoli haqidagi axborot politsiyaga Rojdestvo oldidan tushgan.

Cherkov shundan beri keskin nazorat ostida. Politsiya aynan qay guruh shubhalanayotganini bildirmayapti.