Nyu-Jersi shtatida imom otib ketilgan

  • Amerika Ovozi

Basking Rij shaharchasidagi masjid, Nyu-Jersi shtati

Nyu-Jersi shtatida 3-yanvar kungi hujumda bir imom qattiq jarohatlangan. Voqea shtatning eng yirik shahri Nyuarkda masjid oldida sodir bo'lgan.

Tongda soat 6 dan sal o'tganida Muhammad masjidi yonida taqvodor Hasan Sharifni kim nishonga olgani hamon noma'lum.

Jabrlanuvchi kasalxonada, deya tasdiqlamoqda shahar politsiyasi, tekshiruv avjida.

Sabablar va hujumchi yuzasidan biror boshqa ma'lumot berilmagan.

Masjid rahbariyati va namozga kelganlar ham hodisa haqida biror izoh bermagan. Hujumga guvoh bo'lganlar bo'lishi mumkin, ammo ular ham hozircha jim.

O'tgan oylarda Amerika bo'ylab diniy va etnik nafratga asoslangan jinoyatlar ko'paygan. Musulmon va yahudiylarga tahdidlar oshgani borasida huquq tashkilotlari bong urib kelmoqda.

Amerika-Islom aloqalari kengashining Nyu-Yorkdagi bo'limi jamoatchilikdan bunday holatlar haqida darhol xabar berishni so'rab keladi.

Kengash - AQShdagi eng yirik musulmon tashkiloti. Asosiy maqsadi - mamlakatdagi islom ahlining huquqlari va manfaatlarini himoya qilish.

“Bugungi xuruj - qo'rqinchni oshirgan, chuqur tashvishdamiz. Imom tezda o'ziga keladi degan umiddamiz", - deya bildiradi Dina Saidahmad, kengash vakili.

Buni ham ko'ring Isroil-XAMAS ixtilofi: AQShda musulmon va yahudiylar tahdidga uchramoqda