Breaking News

AQSh musulmonlari masjidlarga hujum kuchayganidan xavotirda


Shimoliy Amerika islomiy uyushmasi direktori Yusuf Abdulla (tik turibdi) jamoat bilan ibodat qilmoqda, Minneapolis, Minnesota, 2022-yil, 12-may.
Shimoliy Amerika islomiy uyushmasi direktori Yusuf Abdulla (tik turibdi) jamoat bilan ibodat qilmoqda, Minneapolis, Minnesota, 2022-yil, 12-may.

AQShning Minnesota shtati Minneapolis shahridagi masjidlarga qilingan so'nggi hujumlar amerikalik imomlar, masjid ma'murlari va jamoat faollarining xavotirlarini kuchaytirdi.

Minneapolis politsiyasining ma'lum qilishicha, 23-aprel kuni Umar Islom masjidida, 24-aprel kuni esa Al-Rahma masjidida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu ikki joy bir-biriga yaqin.

Minnesota shtatidagi Amerika-Islom munosabatlari kengashi ijrochi direktori Jaylani Husayn Ar-Rahma masjidida bo‘lganida, kimdir uchinchi qavatga o‘t qo‘ygan.

“Men masjidda imom bilan uning jamoati xavfsizligi haqida uchrashayotganimda, kimdir “Yongʻin” deb baqirayotganini eshitdim”, - dedi Husayn “Amerika Ovozi” bilan suhbatda.

"Allohga shukur, hech kim jabrlanmadi", - deya qo’shimcha qildi u.

Shu kuni masjidning bog‘chasida bo‘lgan 40 dan ortiq bola evakuatsiya qilingan.

"Ko'zlarimga ishonmadim, ko'p yillar davomida hujjatlashtirgan narsalarimdan biriga guvoh bo'lganimdan hayratda qoldim, - dedi Husayn. - Biz tahdidli qo'ng'iroqlar va xabarlarni olganmiz, ammo bu narsaga birinchi marta shaxsan guvoh bo'ldim."

29-aprel kuni politsiya Jeki Rahm Littl ismli shaxsni 24-aprel kuni Al-Rahma masjidida sodir bo'lgan yong'inga aloqadorlikda ayblab hibsga oldi.

Payshanba kuni Littlga o't qo'yish va diniy mulkka zarar yetkazish bo'yicha federal ayblovlar qo'yildi. Tergovchilar musulmonlar va somalilik amerikaliklarga qarshi qaratilgan bir qator jinoyatlarni tekshirmoqda, deya xabar berdi “Associated Press” .

Rasmiylar, shuningdek, LIttleni 23-aprel kuni Umar Islom markaziga zarar yetkazgan yong‘inda, bundan tashqari, yanvar oyida qonunchi Ilhan Umarning Minneapolisdagi ofisiga qilingan vandalizmda gumonlanuvchi sifatida tergov qilmoqda.

Amerika boʻylab 40 dan ortiq masjidlarni boshqaradigan Shimoliy Amerika Islom Uyushmasi (IANA) ijrochi direktori Imom Yusuf Abdulle bu kabi hujumlarining davom etishi Amerikadagi musulmon jamoatlari hayotini xavf ostiga qoʻyishidan xavotirda ekanini aytadi.

“2017-yilning 5-avgustida Minnesota shtatining Blumington shahridagi Dar al-Faruk (DAF) Islom markazidagi portlashdan tashqari, musulmonlar va ularning diniy markazlari og‘zaki tahdidlar, musulmonlarga qarshi siyosiy ritorika va mayda vandalizm harakatlariga guvoh bo‘lib kelmoqda. Ammo bu so‘nggi o‘t qo‘yish hujumlari xavf kuchayib borayotgani haqidagi yangi xabardek ko‘rinyapti”, - dedi Abdulle “Amerika Ovozi” bilan suhbatda.

Michigan shtatidagi birinchi masjid tarixi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:25 0:00

Oxirgi hujumlar Minneapolis meri Jeykob Frey jamoat va imomlarning iltimosiga binoan shahar masjidlariga kuniga besh mahal azonni ovoz kuchaytirgich orqali aytishga ruxsat beruvchi farmonni rasman imzolaganidan bir necha hafta o‘tib sodir bo‘ldi.

Amerikadagi 20 dan ortiq masjidni o’zida jamlagan musulmonlar koalitsiyasi direktori Yusuf Muhammad Umar imomlar xavotiriga qo’shiladi.

“Jamiyat qalbida qoʻrquv paydo boʻldi, chunki ular oʻzlarining eʼtiqod markazlari nishon ostida qolganini his qilishadi, - dedi Umar “Amerika Ovozi” bilan suhbatda. - Menimcha, nafrat va qo'rquvni tarqatuvchilar soni kam, lekin ular ko'proq va to'xtatib bo'lmaydigan signal berish uchun turli joylarda va turli vaqtlarda yovuz harakatlarni amalga oshirmoqda".

Masjid xurujlari ortidan Minnesota gubernatori Tim Valz “Twitter”da bu xatti-harakatlarni qoralab, musulmon jamiyatini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

"Minnesotada har bir kishi o'z e'tiqodini qo'rqmasdan amalga oshirishi kerak, - deb yozdi u. - Musulmon jamiyatimiz a’zolariga aytadiganim – mening yuragim bugun siz bilan. Biz do‘stlarimiz va qo‘shnilarimizga nisbatan zo‘ravonlik harakatlariga toqat qilmaymiz”.

Somalilik mahalliy faol Mohamud Musa Hassanning aytishicha, politsiya va shahar hokimiyatining hamkorligi va tezkor javobi jamiyatni ruhlantiradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG