Tojikistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdosi sezilarli darajada pasaygan. Davlat statistika agentligiga ko'ra, mintaqa bilan tijorat 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida 1,5 milliard dollardan oshgan. 2022-yilgi ko'rsatkichlardan 17 foiz kam.
Qozog'iston - Tojikistonning mintaqadagi eng katta hamkori. U bilan savdo 20 foizga ozaygan. O'zbekiston bilan 10,3 foizga, Turkmaniston bilan 13,5 foizga, Qirg'iziston bilan esa 21,7 foizga qisqargan.
Buni ham ko'ring Markaziy Osiyo ramsfeldchilari: Birlashgan o'zar, birlashmagan to'zarQozog'iston bilan biznes 1 milliard dollar atrofida, O'zbekiston bilan 450 million dollardan oshiq, Turkmaniston bilan 40 million dollar, Qirg'iziston bilan esa 10 million dollar.
Tojikiston va Qirg'iziston orasidagi chegara 2021-yilning bahoridan beri yopiq. Hududda o'tgan yillarda qonli to'qnashuvlar kuzatilgan.
Tojikiston tashqi savdosi o'tgan yil ichida qariyb 6,8 milliard dollarni tashkil etgan.
1,6 milliardi dollari eksport, qolgani import.
Respublika kamroq mahsulotni chetga chiqargani sabab ham savdo ko'lami toraygan, deydi ekspertlar, xususan qimmatbaho metallar va minerallarni, lekin bu faqat Tojikistonga bog'liq masala emas. Jahon bozoridagi vaziyat ham omil sifatida keltiriladi.
Dushanbe uchun eng yirik biznes sherik Rossiyadir, tashqi savodining deyarli chorak qismi u bilan. Ikkinchi o'rinda Xitoy, 20 foizga yaqini; uchinchi o'rinda esa Qozog'iston, 15,3 foizi.