Amerikalik mashhur telesharhlovchi Takker Karlsonning Moskavaga tashrifi Rossiyada prezident saylovi mavzusidan ham yuqori pog’onaga ko’tarilib ketdi.
Kutilmagan mehmon Rossiya jurnalistlari uchun yirik mavzuga aylandi
“Karlson kelganidan beri uning Rossiya ko’chalarida nima qilayotgani, hatto burger yeyishga borganiga doir kuniga 10 ta xabar o’qidik”, - deydi "The Moscow Times" muxbiri Pyotr Kozlov.
Karlson tashrifini mayda detallarigacha atroflicha yoritgan Rossiya ommaviy axborot vositalari Ukrainada ketayotgan urushni bu qadar yoritmaydi yoki tilga ham olmaydi.
“Putin va propaganda vositalari Rossiya o’z yo’liga ega ekani, G’arb tanqidlari asossiz ekani, Rossiya amalda G’arb bilan urush holatida ekanini uqtirib keladi”, - deydi ekspert Anton Orex.
Putin bilan intervyusiga to’xtalarkan, Karlson so’nggi ikki yilda biror xorijiy jurnalist bu ishni qilishni istamaganini aytgan, Putinning matbuot kotibi esa buni inkor etmoqda.
Kuzatuvchilar nazdida, ayni damda Rossiyada xorijiy muxbir ishi o’ta murakkab.
“Rossiya rasmiylarining xorijiy matbuotga axborot berishi xavfli. Oddiy ma’lumot olish avvalgidan ancha qiyin”, - deydi Orex
Moskva jurnalistlari Karlson tashrifini olqishlar ekan, amerikalik jurnalist Evan Gershkovich Rossiyada josuslik ayblovi bilan panjara ortida. AQSh fuqarosi, “Ozodlik/Ozod Yevropa” jurnalisti Alsu Kurmasheva xorijiy agent sifatida ro’yxatdan o’tmaganlik va yolg’on axborot tarqatganlik ayblovi bilan hibsda.