G'azoda Isroil-Hamas urushi avj olgan bir paytda dunyo bo’ylab musulmonlar muqaddas Ramazon oyini kutib olishga hozirlanmoqda.
Vashingtondagi Muhammad masjidi imomi Tolib Sharifning aytishicha, mojaro tufayli musulmonlar bu yilgi bayramni qanday nishonlashida farqlar bo'ladi.
"Shubhasiz, mojaro odamlarning qalbida qalbida bo'ladi. Bu odamlarni bezovta qilmoqda", - dedi imom.
Dunyo bo'ylab 2 milliardga yaqin musulmon yangi Oyning ko'rinishiga qarab, 10 yoki 11-martda boshlanadigan Ramazonni kutmoqda.
Ramazon oyida musulmonlar quyosh chiqishidan to kun botgunga qadar yeyish, ichish, chekish, behuda gap-so’z va jinsiy aloqadan o‘zini tiyadi. Ro'za musulmonlarni Xudoga yaqinlashtirish vositasi hisoblanadi.
Buni ham ko'ring Bayden: Isroil va XAMAS mart boshida sulhga kelishadiAQSh musulmonlari
“Pew Research” ma'lumotlariga ko'ra, AQShda musulmonlar soni, taxminan, 3,45 millionni tashkil etadi. Bu aholining bir foizdan ko'proq qismini tashkil qiladi.
2008-yilda Vermont universitetida tadqiqot olib borish uchun Efiopiyadan AQShga ko‘chib kelgan Jemal Yasin Qo‘shma Shtatlardagi ilk tajribasini “biroz yolg‘izlik” bilan ta’riflaydi.
Uning so'zlariga ko'ra, somalilik muhojirlar jamoasi bor, ammo ular bilan birga ibodat qilish imkoniga ega bo'lmagan.
Amerikada birinchi yil u o'z xonasida yolg'iz namoz o'qiganini aytadi. Bu ko'plab musulmon immigrantlar uchun odatiy hol, deydi u.
Hozirda Yasin Vashingtondagi Birinchi Hijrat jamg'armasi direktorlar kengashi prezidenti.
Bu tashkilot, saytidagi ma’lumotga ko’ra, “islom merosini targʻib qilish va saqlash” va “islomning birodarlik, tenglik, oʻzaro yordam tamoyillari hamda tinchlik, sevgi va adolat taʼlimotlarini targʻib qilish”ni maqsad qilgan.
Dastlab tashkilotning binosi bo‘lmagan; jamg‘arma a’zolari bir-birlarining uylarida uchrashib yurgan. 2005-yilda ular hozirgi binoga ko’chib o’tishdi.
"Bu musulmonlar, barcha musulmonlar uchun markaz. Demak, siz bu yerga kelganingizda, ko'p millatli odamlarni ko'rasiz. Afro-amerikaliklar, efiopiyaliklar, somaliliklar, arablar - ular birgalikda namoz o'qib, birgalikda iftorlik qilishadi”, - dedi Yasin.
Buni ham ko'ring AQSh ahli G'azo bo'yicha qanday fikrda?Uning qo‘shimcha qilishicha, jamg‘arma jamiyat bilan hamkorlik qiladi va musulmonlar uchun Ramazondan oldin, Ramazon paytida va undan keyin tadbirlar tashkil qiladi.
2008-yilda Vashingtonga koʻchib kelganida, Yasin jamgʻarmaga qoʻshildi va katta musulmon jamiyatining bir qismiga aylandi.
AQShda Ramazon oyida ko'plab tashkilotlar turli tadbirlar o'tkazadi.
"Ilgari bizda ko'proq shaxsiy iftorlar bo'lgan, endi esa ular ancha ochiq va biz ko'proq odamlar baham ko'rishimiz mumkin", - deydi Sharif.
Quyosh botgandan so'ng, musulmonlar odatda iftorlik uchun yig'ilishadi - iftorlik va kunning eng muhim taomidir.
Yasinning aytishicha, vaqf yakshanba kuni bozor uyushtirishga yordam berib, jamiyatni Ramazonga tayyorlashga yordam bergan. An'anaviy kiyim-kechak, tutatqi va xurmo kabi oziq-ovqatlar sotilgan.
Ramazon oyida “Birinchi hijrat” jamg‘armasi har oqshom jamoat uchun bepul iftorliklarni taqdim etadi.
Buni ham ko'ring Oq uy: Islomofobiyaga qarshi jiddiy kurashamizBu yil Ramazon qanday o’tadi?
Davom etayotgan Isroil-Hamas urushi 7-oktabr kuni Xamasning Isroilga hujumi ortidan boshlandi. G'azo Sog'liqni saqlash vazirligi ma'lumotiga ko'ra, Isroilning G’azoda olib borgan urushi natijasida 30 mingdan ortiq falastinlik halok bo’lgan.
Muzokarachilar Ramazon oyi boshlanishi arafasida Isroil va Xamas o’rtasida sulhga erishishga urinmoqda. Ammo hozircha biror natija qo’lga kiritilgani yo’q