Pandemiya paytida ishdan chiqqan ta’minot zanjirlari tiklangan bo’lsa-da, dunyo bo’ylab dori-darmon tanqisligi davom etayapti. AQShda ayrim notijorat tashkilotlar kasalxonalarga kerakli dorilarni topib bermoqda. Masala Kongressda ham muhokamada.
Toni Dezomits tinib-tinchimaydigan odam. Odatda, vaqtini tabiat qo’ynida o’tkazadi. U ayni damda tuxumdon saratoni bilan olishyapti.
Toni shu paytgacha boshqa kurashlarni ham boshdan kechirgan.
U Shimoliy Karolina shtati politsiya mahkamasini boshqargan, Iroqdagi “Cho’l bo’roni” operatsiyasida ham qatnashgan.
Hozir esa davolanish uchun kerakli dorini topa olmayapti.
“Shifokorim yaxshi xabar yo’q, afsuski sizga karboplatin berolmaymiz dedi, nima qilarini bilmay”, - deydi Toni Dezomitz.
Dorilarini o’z vaqtida ololmayotgan faqatgina Toni emas. Yuta universitetiga ko’ra, AQShda dori-darmon tanqisligi 2023-yilda rekord darajaga chiqqan. Karboplatin kabi bir turkumdagi, qimmat bo’lmagan dorilar yetishmaydi.
Your browser doesn’t support HTML5
Lora Brey - Florida shtatidagi “Angels for Change” nohukumat tashkiloti asoschisi. U Toniga kerakli tabletkalarni topib berdi. Tashkilot yetishmayotgan dorilarni kasalxonalarga ham yetkazib beradi.
“Kasalxonalarni boshqaruvchilar, bosh farmatsevt, bosh vrach bemorlarning qaysi biriga dori beramiz va bermaymiz, deb hal qiladi. Hammasiga tanqislik sababchi”, - deydi Brey.
Masala Kongress muhokamasida.
“90 foiz mijozlarimizga vaqtida dori berolmadik”, - deydi Stiven Shleyker.
Ekspertlarga ko’ra, hamma gap narxda. Masalan, bir inyeksion dori yaratish uchun uni keng ko’lamli sinovlardan o’tkazish, shuningdek, Oziq-ovqat va farmatsevtika agentligi (FDA) tasdig’ini olish kerak. Undan keyingina sotuvga chiqadi. Bozor tayyor dorining tan narxini ko’tarmayapti, qarabsizki bir butilka suvdan ham arzon baholanmoqda.
“Narx past bo’lsa, kompaniya sifatga, yangi inshootga pul tikmaydi. Ishlab chiqarish xorijga ko’chadi”, - deydi Allan Kokel.
Ya’ni Hindistonga yoki Xitoyga. Farmatsevtika agentligi Hindistondan ayrim dorilar importini sifatsizligi sabab man qilgan.
“Onkologiya yoki pediatriya bo’limida davolanayotganlarni dorisiz qoldirishga majburmiz. Chunki hukumat xarid qilishimizga yo’l bermaydi. Urushlar uchun biz o’q-dorini boshqa davlatdan olmaymiz-ku, ayniqsa dushman davlatdan”, - deydi doktor Stefan Skondelmeyer.
Xavyer Baserra - AQSh sog’liqni saqlash vaziri. Retsept boyicha beriladigan dorilarni shu vazirlik nazorat qiladi.
Buni ham ko'ring AQShda birlamchi tibbiy yordam shifokorlari yetishmayaptiDorilarni o’zimizda ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlaysizmi?
“Albatta. Prezident ham shuni aytgan. Ayrim dorilar o’zimizda chiqishi kerak”.
Inyeksion dorilarning narxini oshirish taklifi sizga ma’qulmi?
“Barcha variantlarni ko’rib chiqishimiz kerak. Chunki dori-darmon borasida bozor biz aytganday ishlamaydi”, - deydi vazir.
Kongress bizga ko’proq vakolat berishini kutib, barcha imkoniyatlarni ishga solyapmiz, deydi vazir
Bunga dori bozorini tartibga solish uchun kompaniyalarga imtiyozlar berish vakolati ham kiradi.
Karboplatin topilganidan keyin Tonining kasalligi hozircha remissiyada. Ertangi kun esa mavhum.