Rossiya Markaziy Osiyo davlatlariga viza tizimini joriy qiladimi?

Your browser doesn’t support HTML5

Rossiya Markaziy Osiyo, xususan, Tojikiston va O´zbekistonga nisbatan viza tizimini joriy etishi mumkinligiga doir xabarlar muhokamadan tushmayapti.

Bu Moskvada kuzatilgan dahshatli terror hodisasi, unda mintaqaliklar, Tojikiston fuqarolari ayblanayotgani ortidan kuzatilyapti.

Terror ortidan Rossiyadagi millionlab mehnat muhojirlariga nisbatan bosim, siquv keskin oshdi.

Bu bosimlar Rossiya prezidenti va rahrabiyatining terrorchida millat bo´lmasligiga doir chiqishlari ortidan ham tinmadi.

Buni ham ko'ring Bugungi Markaziy Osiyo: AQSh, Ukraina, G'azo, terrorizm, fuqaro jamiyati

Rossiyaning yirik shaharlarida aynan Tojikiston, Qirg’iziston, O´zbekiston fuqarolari bo`lgan mehnat muhojirlariga nisbatan bosim avj olishi Moskva huquq-tartibot idoralari bu fojiada millatni, kelib chiqishni muhim o’ringa chiqarayotganidan darak beradi.

Muhojirlarga nisbatan bu siquv Kreml siyosiy doiralari tomonidan ham qo`llanmoqda. Markaziy Osiyoga nisbatan viza joriy etishga chaqiriqlar yangrayapti va bu tashabbus ayrim siyosiy partiyalar tomonidan rasman ko’tarilyapti.

Ta´kidlash joiz, mintaqaga nisbatan viza joriy etish Moskva siyosiy doiralari tomonidan muntazam, har holda so`nggi o’n yillar davomida bosim vositasi o`laroq kun tartibiga chiqarib kelinayotgan masala.

Markaziy Osiyoni strategik manfaatlari doirasida deb hisoblovchi Kreml bu ishga hamon jur’at topmadi.

Ayni paytda, Ukrainaga ochgan urushi tufayli aksariyat dunyo bilan munosabatlari uzilgan Rossiya uni qo`llashda davom etayotgan sanoqli davlatlarga nisbatan viza joriy etishi haqiqatdan yanada uzoqdek.

Buni ham ko'ring Rossiyada xavfsizlikni ta’minlash bahonasida migrantlarga bosim kuchaygan

Ammo bundan qat’iy nazar, millionlab fuqarolari Rossiyada ishlayotgan mintaqada bu ma`lumot muhokamada.

Qolaversa, xuruj ortidan mehnat muhojirlariga nisbat bosim tinmayapti, Rossiyadagi millatchi siyosiy kuchlar bu fursatdan unumli foydalanish niyatida.

Markaziy Osiyo bo’yicha ekspert Alisher Hamidovning “Amerika ovozi”ga aytishicha, Rossiya Markaziy Osiyo davlatlari bilan vizali tartib joriy etishga tayyor emas.