Breaking News

Ukraina: Kreml iddaolari asossiz, terrorchi uning o'zi


Rossiya terrorda nega Ukrainani ayblashga urinmoqda?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:32 0:00

Rossiya terrorda nega Ukrainani ayblashga urinmoqda?

Moskvadagi terror ayblanayotgan Tojikiston fuqarolari sudgacha ikki muddatga hibs qilindi. Bu vaqt davomida Rossiya huquq tartibot idoralari terror ortida kim turganiga doir xulosaga kelishi kerak.

Moskvadagi qonli xurujni ISHID o’z bo’yniga olganiga doir bayonotlar Rossiya tizimi, siyosiy doiralari va matbuoti tomonidan bir qadar shubha bilan kutib olindi.

Ammo, bu terror ortidan bunga aloqasi yo`qligini ta’kidlab chiqqan Ukraina tomoniga nisbatan shubha arimayapti. Buni Rossiya siyosatchilari, ayniqsa kremlparast matbuot, harbiy muxbirlar, xususan prezident Putinning so`nggi bayonotidan ham kuzatish mumkin.

Kreml tomonidan surilgan ayblovlar hozirgacha Ukraina tashqi vazirligi, hukumati, ekspert doiralari tomonidan inkor etib kelingan bo`lsa, Putining “terrorchilar uchun Ukraina tomonida daricha” tayyorlab qo’yilgani haqidagi bayonotidan so’ng Prezident Volodimir Zelenskiy bu borada ancha keskin bayonot bilan chiqdi.

“Terror sodir etilganidan bir kun o’tib ham bu arzimas Putin o’z xalqi bilan shug’ullanish, murojaat bilan chqish o`riniga bir sutka sukut saqladi. Qanday qilib bunga Ukrainani qo’shsam ekan, deb o`yladi. Bu hammasi oldindan ma`lum edi ”, - dedi Zelenskiy o'z xalqiga qilgan murojaatida.

Unga ko’ra, Rossiya Ukraina bosqin qilish uchun yuz minglab terrorchilarni jo`natgan; o’zining mamlakatida nima bo`layotgani esa ularga farqsiz; Rossiyaliklar sukutda o`tirar ekan, Putin bu fojiadan faqat o`zining hokimiyatini mustahkamlash uchun foydalanadi.

Ukrain ekspertlari Rossiya nega Moskvadagi terror xurujida Ukrainani ayblashga harakat qilayotgani sabablarini shu orqali Rossiya jamoatchiligini uzoqqa cho’zilgan Ukraina urushiga tayyorlash, katta ehtimol bilan navbatdagi mobilizatsiya, armiyaga majburiy safarbarlikni noroziliksiz o’tkazib olish, Rossiyada avtoritar tuzumni yanada mustahkamlash maqsadlari bilan izohlashadi.

“Terror sodir etilganidan bir kun o’tib ham bu arzimas Putin o’z xalqi bilan shug’ullanish, murojaat bilan chqish o`riniga bir sutka sukut saqladi", - deydi Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiy
“Terror sodir etilganidan bir kun o’tib ham bu arzimas Putin o’z xalqi bilan shug’ullanish, murojaat bilan chqish o`riniga bir sutka sukut saqladi", - deydi Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiy

Rossiyada o`lim jazosi tiklanadimi?

Moskvadagi terror ortidan rus liberal jamoatchiligida xavotirlar kuchaygani kuzatiladi, xususan Rossiyada o`lim jazosi tiklanishi mumkinligi yuzasidan.

Bunga terror ijrochilarini o`ldirishga chaqiriqlar, ayniqsa Kreml rasmiy doirasiga kiruvchi siyosatchilar tomonidan ko´tarilayotgan tashasbbuslar sabab bo`lyapti. Jumladan Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o`rinbosari Dmitriy Medvedov, terror ijrochilari ushlanganiga munosabat bildirar ekan, “Ularning hammasi o’ldirish kerak!” deb yozdi.

Rossiya Bosh vaziri Mixail Mushistin ham “aybdorlarga shafqat ko’rsatilmasligi” haqida aytdi. Dumaning ayrim vakillari avvalroq o`lim jazosini tiklashga doir tashabbuslar bilan chiqqan edi. Putin o´z murojaatida ijrochilar, buyurtmachilar, tashkilotchilarga yordam berganlarga ham shafqat bo`lmasligidan ogohlantirdi.

Moskvadagi konsert zalida sodir etilgan terrorda ayblanayotgan - to’rt nafar Tojikiston fuqarosi dahshatli qiynoq izlari ortidan mahkamaga olib chiqildi.

Ularning ayanchli ahvoli, jumladan ulardan birining qulog’i kesib olingani xususida mutasaddilar hech narsa demagan, izoh bermagan.

Hibsdagilarga nisbatan shafqatsiz qiynoqlar qo`llanayotganiga doir lavhalar ijtimoiy tarmoqlarda ham tarqatilgan.

22-mart kuni Moskvadagi “Krokus” konsert zalida yuz bergan terror xuruji oqibatida kamida 137 kishi halok bo`ldi, 200 ga yaqin kishi jarohatlandi.

Bu xurujga doir tasvirlar ham ijtimoiy tarmoqlarda qo'yilgan: ularda terrorchilar yaqin masofadan odamlarni shafqatsiz otib tashlayotganini ko`rish mumkin.

Keyinchalik konsert zalida chiqqan yong`in tufayli binoning tomi qulab tushgan. Terakt paytida bu zalda 5 mindan ortiq tomoshabinlar bo`lgan.

Terrorni to`rt nafar Tojikiston fuqarosi amalga oshirgan deb ko`rilyapti.

Xuruj buyurtmachisi “ISHID-Xuroson” guruhi, ISHIDga yaqin axborot kanallari guruh terror uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olganini bildirmoqda.

Rossiyaga terror xuruji kutilayotgani haqida ogohlantirish yuborgan AQSh tomoni ham shunday pozitsiyada - terror ortida “ISHID -Xuroson” guruhi turibdi.

Afg’onistondan qo`nim topgan bu guruh avvalroq Rossiyaning Kobuldagi elchsixonasiga ham hujum uyushtirgan edi. Guruh Rossiyani musulmonlarga qarshi davlatlardan biri deb hisoblaydi.

Moskvadagi terror xuruji ortidan kim turgani esa rasman Rossiya huquq tartibot idoralari o`tkazgan surishtiruv ortidan e’lon qilinishi kerak.

Rossiya qanday xulosani e’lon qilishi hozircha mavhum, ammo ekspertlar Moskva terror xurujidan Ukraina urushiga doir pozitsiyalarni mustahkamlash uchun foydalanishi ehtimolini soqit qilishmaydi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG