AQShda qurilish sohasida ishchilar yetishmayapti

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

AQSh qurilish sanoatida ishchilar yetishmayapti. Notijorat tashkilotlarning ta'kidlashicha, AQShga kirib kelayotgan muhojirlar bu masalada yordam berishi mumkin. Lekin hamma ham bunga rozi emas.

Nyu-Yorkning Staten-Aylend tumanida nodavlat tashkilot muhojir ishchilarni treningdan o’tkazishga yordam beryapti.

20 yashar ekvadorlik Merilin Villamar qurilish sohasidagi xavfsizlik treningi uchun tanlab olingan sanoqli muhojirlardan biri. Nyu-York shahri ishchilardan shunday kursdan o’tishni talab qiladi. Bunday trening, odatda, 600 dollardan 1000 dollargacha bo’ladi. La Kolmena markazi buni bepul va ispan tilida taqdim etmoqda.

“Bu dastur menga imkoniyat va yordam berdi. Men qurilish sohasida ishga kirmoqchiman”, - deydi muhojir.

Quruvchilar and Pudratchilar savdo guruhiga ko'ra, qurilish sanoati talabini qondirish uchun 2024-yilda yarim milliondan ortiq qo'shimcha ishchi kerak. Bu soha ishchilarining yillik 200-300 ming kishilik o’sishidan tashqari.

"Pandemiya ko'p odamlarni muddatidan oldin nafaqaga chiqishga majbur qildi va yosh ishchilar qurilish kasbiga yetarli darajada kirmasa, sizda tizimli taqchillik paydo bo'ladi", - deydi uyushma vakili Anirban Basu.

Buni ham ko'ring Muhojirlar AQSh iqtisodiyotining davomiy o’sishini ta’minlay oladimi?

Muhojirlar muammoni hal qilishga yordam berishi mumkin.

"Bu jamoa ishga borishga, ish joyiga ko'chib o'tishga va o'zlari uchun yaxshiroq ishlashga intiladi", - deydi La Kolmena markazi yetakchisi Arletta Sepeda.

Ammo Sepedaning ta'kidlashicha, ko'payib borayotgan muhojirlar uchun bepul treningni davom ettirish uchun davlat yordami kerak.

“Menimcha, bu hamma uchun foyda va davlat darajasida bunga sarmoya bo'lishi kerak. Bu davlatning ijtimoiy xizmatlarga pul sarflash bilan bog'liq ba'zi tashvishlarini ham hal qilishi mumkin. Agar odamlarning ish joyi bo'lsa, ular boshqa narsalarni sotib olishga qurbi yetadi”, - deydi Sepeda.

Ammo ba'zi mahalliy siyosatchilar soliq to'lovchilarning pulini yangi kelgan muhojirlarga sarflash Amerika fuqarolariga nisbatan adolatsizlik, deb hisoblaydi.

"Aqli raso odam buni AQSh uchun yaxshi siyosat deb o'ylashini tushunmayman. To’g’ri, odamlar ishlashni hohlayapti, lekin Amerika fuqarolari orasida ham ishlashni hohlovchilar ko'p. Keling, ularga yordam berishga harakat qilaylik", - Staten-Aylend tumani rahbari Vito Fossella.

Nyu-York shahar meri Erik Adamsning aytishicha, shahar boshpana izlovchilar inqirozini bir yoqli qilish uchun 2025-yilning iyunigacha 12 milliard dollardan ko'proq mablag' sarflamoqchi.

Fossella bunga qarshi.

Buni ham ko'ring AQShda millionlab migrantlar ishlash uchun ruxsat ololmayapti

“Bir yil oldin hisobini so'raganimizda, Nyu-Yorkdagi muhojirlar inqirozini bartaraf etish uchun taxminan yarim milliard dollar kerak, deyishgandi. Endi bir yarim yil o’tib, 10, 12 milliard dollarni taxmin qilishyapti. Bu yiliga har bir migrantga 143 ming dollar, degani”, - deydi u.

Qurilish sohasi mutaxassislari Amerikaga yangi kelganlarga sarmoya kiritish kelajakka sarmoya ekani haqidagi fikrga qo'shiladi.

"Agar sizda katta miqdorda davlat qarzi bo'lsa va mamlakatda ko'plab potentsial ishchi kuchi bo'lsa, siz bu ishchi kuchidan samaraliroq foydalanish haqida o'ylashingiz kerak”, - deydi Anirban Basu.

Aksariyat ekspertlar aytishicha, muhojirlarni jamiyatga qo’shishning dastlabki xarajati yuqori bo'lishi mumkin, ammo uzoq muddatli ijtimoiy va iqtisodiy foydasi tufayli o’zini oqlaydi.