Rossiya Moskvadagi terror xuruji uchun Ukraina tomoniga rasman ayblov e`lon qilishga yaqin.
Rossiya xavfsizlik xizmati Ukrainaning Tojikistondagi elchixonasi Rossiyaga qarshi urushga jalb etish uchun jangarilar yollamoqda, deya da'vo qilmoqda. Dushanbe buni keskin inkor etadi.
Rossiya xavfsizlik kengashi rahbari Nikolay Patrushev Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Ostonadagi yig’ilishida bu haqda gapirgan.
Buni ham ko'ring Tojikistonda Moskvadagi terrorga doir tergov-surishtiruv ishlari boshlanganHaqiqatda esa Moskvadagi terror ortidan migrantlarga nisbatan o`tkazilayotgan ommaviy bosim, departatsiya choralari aksincha Rossiya armiyasi safiga qo‘shilish boshqa chora ko`rmayotgan migrantlar sonini ko’paytirishidan xavotirlar mavjud.
Rossiya televideniyesida terrorda ayblanib hibs qilinganlar ustidan o`tkazilgan so´roq jarayoni namoyish qilindi.
Unda so´roqqa tutilayotgan Tojikiston fuqarolari terror xurujidan so`ng Ukrainaga o`tishni rejalashgani, u yerda terror ijrosi uchun va’da qilingan pulning asosiy qismini olishni maqsad qilishgani, Ukrainaga o’tish uchun Sayfullo ismli shaxs ko’rsatmalar berib turgani haqida gapirishadi.
Rossiyaning “1-kanali”da namoyish qilingan bu lavhada terror ortida Ukraina turganiga shubha qilinmaydi.
Your browser doesn’t support HTML5
Rossiya maxsus xizmatlaridan olingan ma´lumotga tayanilishicha, “terrorchilarni kutib olish uchun Rossiya-Ukraina chegarasidagi ikki nuqtada shoshilinch tarzda minalardan tozalash ishlari olib borilgan, terrorchilarni kutib olish uchun asosiy va zahiradagi yo`laklar” tayyorlangan.
Markaziy kanalda uzatilgan bu bayonot Moskva uchun terrorda Ukraina daxldorligiga doir ayblov asosiy o`rinda qolayotganidan, ayblov tez orada rasman e’lon qilinishi mumkinligidan darak beradi.
Moskvadagi “Krokus” konsert zalida sodir etilgan, kamida 144 kishini hayotdan olib ketgan teraktni ISHID o’z bo’yniga olgan. ISHID-Xuroson guruhi hujumni ulug'lab chiqqan.
Tergovning jamoatchilikka namoyish qilingan qismida terrorda ekstremistik guruhlar ayblanayotganiga doir biror ishora yo´q.
Avvalroq terrorga Ukrainaning aloqasi borligini ehtimol qilgan Prezident Vladimir Putin yaqinda Rossiya islomiy ekstremistlar nishoniga aylanishi haqiqatdan yiroqligi, chunki mamlakatda turli diniy guruhlar o’zaro ahil va inoq yashashi haqida bayonot qildi.
Buni ham ko'ring Adolatsizliklarga qaramay Rossiyaga mehnat migratsiyasi kamaymaydiUkraina tomoni terrorga aloqadorlikka doir Rossiya iddaolarini keskin rad etgan, Prezident Volodimir Zelenskiy Rossiya bosqinidan aziyat chekayotgan Ukraina uchun asosiy maqsad dushmanni, Rossiyani frontda mag'lub etish ekanligini bildirgan edi.
Ekspertlar Rossiya “Krokus”dagi terrorda Ukrainani ayblashga urinishi ortidagi asosiy maqsad sifatida Moskvaning Ukraina urushi bo`yicha pozitsiyalarini mustahkamlash, armiyani, jamoatchilikni ham urush harakatlarini qo`llab quvvatlashga mobilizatsiya qilish ekanligida ham ko`rishadi.
Bu farazlar Ukraina urushida o’z isbotini ham topayotgandek, ukrain armiyasi Rossiya tomonidan otilgan ayrim snaryadlarda “Krokus” qurbonlari uchun qasos” yozuvlari tushirilganini namoyish qilishmoqda.
Shundan kelib chiqilsa, “Krokus”dagi terror xuruji bevosita ikki o`rtadagi urush harakatlariga ham kirib kelgan.
Qolaversa, Rossiya mudofaa vazirligi Moskvadagi terror xuruji ortidan qurbonlar uchun qasos olish maqsadida armiya safiga qo‘shilayotgan fuqarolar keskin ko’paygani haqida rasman bayonot bergan edi.
Terror xurujida Ukraina aloqadorligiga doir iddaolar tobora keskinlashgani, hibsdagi gumondorlar bevosita Ukraina tomonini ko’rsata boshlashgani sababini esa ekspertlar qiynoqlarda ko`rishmoqda.
Qiynoqlar ostidagi ko`rsatmalar esa xalqaro me’yorlarga muvofiq daliliy asos hisoblanmaydi.
Moskvadagi terror xuruji Markaziy Osiyolik mehnat muhojirlarini keskin bosim ostida qoldirdi, muhojirlar yashayotgan, ishlayotgan joylarga reydlar uyushtirish to‘xtamayapti, muhojirlarni Rossiyadan deportatsiya qilish jarayoni keskin ko`paygan.
Bu ta’qiblardan Rossiya fuqaroligini olgan mintaqaliklar ham xoli emas.
Ekspertlar ommviy bosimlar migrantlarni yanada qiyin vaziyatda qoldirishi, Rossiya armiyasiga yollanishdan boshqa chora topmagan migrantlar soni ko’payishi mumkinligidan ogohlantirishmoqda.