4-aprel kuni xorijiy diplomatlar bilan bo’lib o’tgan davra suhbatida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Kiyev meri rus tilidan kundalik hayotda foydalanishni taqiqlaganini aytgan edi. Vaholanki, Lavrovning so’zlariga ko’ra, ukrainaliklarning aksariyati hali ham rus tilida gaplashadi.
“Yaqinda Kiyev meri Vitaliy Klichko Kiyevda har qanday madaniy yoki ma’rifiy tadbirlarning rus tilida o’tishini taqiqlovchi rezolyutsiyani qabul qildi. Hatto kundalik hayotda ham kimdir maktabda tanaffus paytida yoki do’kon sotuvchisiga rus tilida gapirsa, ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin. Ammo ukrainaliklarning katta qismi uchun rus tilida gapirish qulay”, - dedi u.
Lavrovning Kiyev meri rus tilida gapirishni taqiqlagani haqidagi da’vosi yolg’on.
Klichko rus tilida gapirishga hech qanday taqiq kiritmagan. Biroq o’tgan yilning iyul oyida Kiyev shahar kengashi rus tilidagi madaniy-marifiy dasturlar, musiqa, filmlar va kitoblardan ommaviy foydalanishga ma’lum bir cheklovlar qo’ygan edi.
Buni ham ko'ring Ukraina va Rossiya urushga safarbarlikni kuchaytirmoqda2023-yil avgust oyidagi so’rov natijalariga ko’ra, aksariyat ukrainaliklar kundalik hayotda faqat ukrain tilida gaplashadi.
11-aprel kuni Klichko “Amerika Ovozi”ning Ukraina xizmatiga Lavrovning 4-apreldagi izohlariga javob berdi:
“Ukrain tilida gaplashish Ukraina qonunlariga muvofiqdir. Shahar hokimiyati qonunlarga amal qiladi va barcha madaniy-ma’rifiy tadbirlar davlat tilida o’tkaziladi. Kundalik hayotda esa, fuqarolarning qaysi tilda gaplashishi belgilanmagan, hech qanday ma’muriy javobgarlik ham yo’q”.
Bu Lavrovning rus tili taqiqi haqidagi ilk da’vosi emas. O’tgan yili 28-dekabrda Rossiyaning ikki ommaviy axborot vositalar – “RIA Novosti” va “Rossiya-24” telekanallaridagi intervyusida ham shunday gapni aytgan edi.
“Bir necha oy avval Vladimir Klichko Kiyevda madaniy, ijtimoiy sohalarda va kundalik hayotda rus tilida gapirishni taqiqladi, lekin ko’pchilik hanuz rus tilida gapiryapti”, - dedi Lavrov.
2023-yil 13-iyulda Kiyev shahar kengashining katta qismi shaharda rus tilidagi madaniy mahsulotlardan ommaviy foydalanishga cheklov qo’yishni ma’qullagan. Rus tilidagi qo’shiqlar, kinofilmlar, konsertlar, teatr, sirk tomoshalari va rus tiladagi kitoblar savdosini ko’paytirish taqiqlangan.
“Rus tili – tajovuzkor davlatning tilidir, unga poytaxtimizda joy yo’q”, - deydi Kiyev shahar kengashi deputati Vadim Vasilchuk.
Avvalroq, 2023-yilning 23-yanvarida “Kiyev-Mogelyan Akademiyasi” milliy universitetida ham rus tilidan foydalanish taqiqlangan edi.
Buni ham ko'ring Rossiyaning Ukrainaga doir soxta xabarlari qanday mavzularni qamrab oladi?Ukrain tili butun Ukrainada rasmiy til. 2019-yil 25-aprelda Ukraina parlamenti “Ukrain tilining davlat tili sifatida amal qilishini ta’minlash to’g’risida”gi qonunni qabul qilgan.
Mazkur qonunga ko’ra, davlat organlari va jamoat joylarida ukrain tilida gapirish majburiydir. Shu yili davlat tili haqidagi bir qancha qoidalar kuchga kirdi; vaqt o’tib qonunga bir nechta o’zgartirishlar kiritildi.
Qonun Ukrainaning xizmat ko‘rsatish sohasida 2021-yil 16-yanvardan kuchga kirgan. Bu barcha korxona, tashkilot va do‘konlardan iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishda, tovarlar va xizmatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni berishda ukrain tilidan foydalanishni talab qiladi.
"Ma'lumotlar boshqa tillarda ko'paytirilishi mumkin va mijozning iltimosiga binoan, ular tomonlar uchun ma’qul bo'lgan boshqa tilda shaxsan taqdim etilishi mumkin", deyiladi qonunda.
2023-yil 16-20-avgust kunlari Kiyevdagi “Reyting” ijtimoiy guruhi 6050 nafar ukrainalik o’rtasida so’rovnoma o’tkazdi. “Uyda qaysi tilda gaplashasiz?” degan savolga qatnashuvchilarning 59 foizi kundalik hayotda ukrain tilida, 31 foizi ham rus, ham ukrain tilida gaplashishini bildirgan. To’qqiz foiz qatnashuvchilargina faqat rus tilida gapirishini aytgan.
Buni ham ko'ring Ukrainada ruscha qo'shiqlarni tinglamay qo'yishganSo’rovnoma ishtirokchilarining 82 foizi ukrain tilini o’z ona tili deb atagan bo’lsa, 16 foizi rus tili tarafdori bo’lgan.
2022-yilning 4-27-sentabr kunlari Kiyevdagi xususiy Ukraina Xalqaro sotsiologiya instituti butun Ukraina bo’ylab 2005 ta ishtirokchidan iborat so’rovnoma o’tkazdi. Uning natijalariga ko’ra, 58 foiz ukrainaliklar asosan ukrain tilida, 15 foizi faqat rus tilida, 24 foizi ikkala tildan ham teng foydalanishini ma’lum qilgan.