Kelajak sensorlari: tabiiy ofatlarni oldindan aniqlash mumkin

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Kaliforniyalik tadqiqotchilar atrof-muhitdagi o'zgarishlarni tezroq aniqlash uchun o'ta sezgir sensorlarni yaratish ustida ishlamoqda.

Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti tadqiqotchilari yangi avlod kvant sensorlari ustida ishlamoqda. Professor Prineha Narangning aytishicha, ular havo yoki suvda nima sodir bo'layotganini aniqlash imkoniyatini oshiradi.

"Ba'zi narsalar kattaroq muammolarning dastlabki belgilari bo'lishi mumkin va bu haqiqatan ham havo sifati o'zgarishiga javob berish nuqtai nazaridan inson salomatligi bo'yicha qaror qabul qilishda muhim o’rin tutadi”, - deydi u.

Universitet tadqiqotchisi Serjio Karbaxo molekulaga ikkita ultra aniqlikdagi lazer nurlarini yo’naltirib, vaqt va joy kesimida uning kvant xarakteristikasini o’rganmoqda.

Buni ham ko'ring Olimlar sun'iy intellekt yordamida zilzilani bashorat qilmoqda

"Shu yo’l bilan yuz minglab ma'lumotlarni to'playsiz va nafaqat to’plangan har bir ma’lumotni, balki bu ma'lumotlarning butun yig'indisini o’rganib, o'zaro bog'liq voqealarni topishingiz mumkin", - deydi u.

Kvant bo’liqligi tufayli, bir foton boshqa bir zarraning mavjudligini his qilsa, bu hodisa sensorlar kilometrlab uzoqlikdagi narsani o'lchashi mumkinligini anglatadi.

Agar Kanada yong'inlarining tutuni, o’tgan yilgidek, Nyu-Yorkka yetib kelsa, datchiklar tutun shaharning qaysi hududlarida va qancha vaqt qolishini va hatto uning muayyan ifloslantiruvchi moddalarigacha aniq bashorat qilishi mumkin bo’ladi.

Bu faqat boshlanishi, deydi olim Dennis Kim.

Buni ham ko'ring Yaponiya atom elektrostansiyasi suvini okeanga oqizmoqchi

“Kvant datchiklari yordamida biz qila oladigan narsalardan biri bu magnit maydonlardagi o'zgarishlarni aniqlash. Ko’p va turli xil zilzilalar sodir bo’ladigan mamlakatda siz yuqori sezuvchanlikka ega bo'lishingiz mumkin. Shu tariqa biz zilzilani sodir bo'lishidan oldin bashorat qilishimiz mumkin”, - deydi u.

Tadqiqotchilar ushbu sensorlar kelgusi o'n yil ichida iqlim o’zgarishiga qarshi kurashda ko’p foyda keltirishidan umidvor.