Kaliforniyadagi xususiy maktab Ukraina va Afg'onistondan kelgan uch nafar qochqin talabaga stipendiya ajratdi. Amerikalik o'qituvchi ulardan ikki nafariga o’z uyidan joy berdi.
Maktab yuqori sinf o'quvchisi Yeva Cherkasova-Shekira 2022-yil Rossiya Ukrainaga bostirib kirganida Kiyevda tahsil olayotgan edi.
"Men hech qachon urushni, bombalar portlashini boshdan kechiraman deb o'ylamagan edim. Bularning barchasiga guvoh bo'ldim", - deydi u.
Uning oilasidagi ayollar Polshaga qochib o’tgach, Yeva Kaliforniyaning San-Diyego shahridagi “High Bluff” akademiyasiga hujjat topshirib, to'liq grant oldi.
“Bu yerga kelib, odamlar meni yurakdan quchoqlashlarini va menga ko‘rsatayotgan barcha mehrlarini ko‘rib, menimcha, bu har doim esda tutishim kerak bo‘lgan eng katta narsa ekanini tushunaman. Har doim yanada yaxshirog’i bo’lishiga ishonish kerak”, - deydi Yeva.
Maktab asoschisi Jill Duoto o‘smirga aviachipta jo‘natib, bu yerdagi o‘qish pulini ham qoplamoqda.
Buni ham ko'ring Ta’lim olish imkoniyatidan mahrum g’azolik bolalar“Doim yordam berishni xohlaganman. Ehtiyojga muhtoj odamlar juda ko'p; qayerdan boshlashni bilmaysiz. Men har doim xayriya qilaman, lekin siz tashkilotga chek yozish bilan to’liq qoniqish hissini sezmaysiz; u qayerga ketayotganini hech qachon ko'rmaysiz. Hech qachon yordam berayotgan odamlaringiz bilan muloqot qilmaysiz. Shuning uchun bu juda foydali tajriba bo'ldi”, - deydi Duoto.
Bu yerdagi o’quvchilarning uchdan bir qismi xorijlik. Muhammad va Oqila Muhammadiylar 2021-yilda Tolibon Afg‘onistonni egallab olganidan keyin oilasi bilan Pokistonga qochgan. Duoto talabalik vizasini olishda yordam berib, ularni Janubiy Kaliforniyaga olib keldi.
"Men uchun Jill onadan ham yaqinroq. U biz uchun ko’p narsa qildi. Usiz biz yo’limizni topolmas edik. Agar u biz bilan bo'lmaganida, biz hozir bu yerda o'tirmagan bo'lardik", - deydi Oqila.
Duoto aka-singil uchun mezbon oila topa olmagach, ularni o'zi uyiga olib ketdi. U, shuningdek, bu yil maktabni tugatadigan uch o'quvchining ta’lim olishiga ham yordam bermoqda. Oqila Muhammadiy biologiya bo'yicha mutaxassis bo'lishni xohlaydi. Yeva marketing bo'yicha o'qishni, Muhammad esa elektr muhandisi bo‘lishni istamoqda.
Buni ham ko'ring Minglab amerikalik yoshlar Xitoyga bepul sayohat qilmoqda“Men kompyuter fanlari va muhandislik bo'yicha o’qimoqchiman. Men, ayniqsa, matematika bo‘yicha Afg‘onistonda olgan ta’limimdagi bo‘shliqlarni to‘ldirishni va ingliz tilini yaxshilashni xohlayman”, - deydi Muhammad.
Duoto, shuningdek, Afg'onistondagi o'quv markazi bilan hamkorlik qilib, afg'on qizlari onlayn ta’lim orqali “High Bluff” Akademiyasidan maktab diplomini olishiga yordam bermoqda. Bu o’quvchilar shu diplom asosida xorijdagi universitetlarga hujjat topshirishlari mumkin.