AQSh va Yevropa Rossiyani g’arb davlatlariga qarshi ashaddiy gibrid urushi” kampaniyasini o’tkazishda ayblamoqda.
Bu urushning o’ziga xos jihati jismoniy tahdid, dezinformatsiya, ayg’oqchilik, GPS signallarini bosish va ommaviy kiberhujumlardan iborat.
Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov ayblovlarni inkor etib, ularni asossiz deb atadi.
U AQSh eng katta kiberxavf tug’dirishini aytish bilan statistik ma’lumotlarni atayin buzdi:
“...statistikaga ko`ra, kompyuter hujumlarining katta qismi AQSh hududidan amalga oshiriladi”.
Bu chalg’itish.
Buni ham ko'ring Rossiyaning AQShdagi elchisi kiberhujum ayblovlarini rad etdiMutaxassislar kiberjinoyatlarni kamida besh turga ajratishgan.
Siyosiy maqsadlar ko’zlangan hujum kiberjinoyat sirasiga kiradi. Xuruj nishoni mustaqil davlatlar bo`lib, doimiy tahdid, tajovuz davlat tomonidan dastaklanadi. Rossiya siyosiy kiberjinoyatlar bo’yicha dunyoda birinchi o’rinda turadi. Kiberjinoyat turlarga bo`linmagan umumiy statistikada AQSh hujum qiluvchi “yirik markazlardan”, shuningdek hujumga “asosiy nishon” sifatida ham qayd qilingan.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, kiberhujumlar geografiyasi va hududiy kelib chiqishini aniqlash “qiyin, mukammal emas”.
Aprel oyida Oksford, Janubiy Uels va Monasha universitetlari mutaxassislaridan iborat ilmiy guruh kiberjinoyatlar bo’yicha dastlabki dunyo indeksi “Kiberjinoyatning global ko’rsatkichlari” hisobotini chop etishdi.
Buni ham ko'ring Amerikada saylov yilida dezinformatsiya og'ir muammoUlar dunyoning kam sonli davlatlaridagina kiberjinoyat keskin rivojlanganini aniqlashdi. Rossiya kiberjinoyat xavfi o’ta yuqori bo`lgan davlat sifatida qayd qilingan.
Yevropadagi kiberhujumlar ko`rsatkichida 2000 yildan 2024 yil mayiga qadar 2908 bor “siyosiy yo`nalishdagi kiberhujumlar” qayd qilingan. Aynan shu davrda rossiyalik ijrochilar siyosiy yo‘nalishdagi eng ko`p kiberhujumlar sodir etishgan.