Bo'yoq shlangi bilan jihozlangan dronlar borish qiyin bo'lgan joylarda graffitilarni o’chirishga xizmat qilmoqda.
Vashington shtatining magistral yo'llari bo'ylab ruxsatsiz chizilgan graffitilar va ularni tozalash bilan band transport ishchilari o'rtasida tinimsiz kurash mavjud.
“Ba'zan graffitilar chizilgan joylarni ko’rsam, ular bu yerlarga qanday chiqqaniga hayratlanaman. Ularni yo’q qilish uchun ko’plab resurslar sarflanmoqda va buning ustida ishlayotgan xodimlar xavfsizligini ta’minlash ham oson emas”, - deydi Vashington shtati transport departamenti rasmiysi Mayk Gauger.
Aviatsiya sohasida ishlagan va hozirda ta’mirlash jamoasini boshqarayotgan Gauger muammoga osonroq yechim qidirishga tushdi.
"Kimdir bo'yoq purkaydigan dronlar ishlab chiqarayotgan bo’lishi kerak", - dedi u.
Buni ham ko'ring Tez yordam va qutqaruv ishlariga dronlar jalb qilinadiKonnektikutda joylashgan “Aqualine Drones” kompaniyasi osmono‘par binolar oynalarini yuvishda foydalaniladigan dronlar ishlab chiqaradi. U graffitilarni o’chirish uchun ishlatiladigan bo'yoq purkagichli dron prototipini yaratdi. Transport mutasaddilarining aytishicha, bu ish ustida ilgari olti xodim ishlagan bo’lsa, dron yordamida hozir ikkita ishchi kifoya qiladi.
“Bu ulama dron. Orqa tomonda standart bo'yoq purkagich shlangi ulanadigan portni ko'rishingiz mumkin. Siz uni xohlagancha shlang bilan to’ldirishingiz mumkin. Nazoratda bitta odam bor. Kimdir faqat bo'yoqlarni kuzatish uchun mas'ul, chunki dron yuqorida uchmoqda. Chelak kamayganda yoki bo'shab qolsa, bo’yoq to’ldirib qo’yilsa kifoya; batareya quvvati tugaguncha, u ishlayveradi", - deydi Gauger.
Your browser doesn’t support HTML5
Vashington shtati o'tgan yili taxminan 65 ming kvadrat metrlik graffitilarni qoplash uchun 815 ming dollar sarfladi. Bu shtat qonunchilarini muammoga osonroq yechimlar topish uchun 1 million dollar ajratishga undadi.
"Biz graffitilarni hech qachon to'xtata olmaymiz. Bu juda uzoq tarixga ega, ming yillardan beri davom etadi. Lekin menimcha, qonun loyihasi hech bo‘lmaganda uni osonroq tozalashga imkon beradi”, - deydi shtati qonunchisi Endryu Barkis.
Dronni tez va arzon ishga tushirish mumkin va u katta maydonlarni bo’yashga qodir.
Transport departamentining dron jamoasi yil oxirigacha tashabbus haqida hisobot taqdim etadi. Gaugerning ta'kidlashicha, xarajatlarni tejash afzallik bo'lsa-da, haqiqiy yutuq xodimlar ishini xavfsizroq qilishdir.