AQSh Federal tergov byurosi prezidentlikka respublikachi nomzod Donald Trampning Florida shtatidagi golf maydonida 15-sentabr kuni ro'y bergan voqeani suiqasdga urinish sifatida tergov qilmoqda.
Sobiq prezident golf o’ynayotgan joydan 400-500 metr uzoqlikda qurollangan shaxsni payqagan maxfiy xizmat agentlari unga qarata o’q uzgan. Shaxs voqea joyidan mashinada qochgan va keyinchalik hibsga olingan.
Bu shaxsning Gavayi shtatidan 58 yoshli Rayan Uesli Rut ekani qayd etilgan.
Butalar orasidan uning Kalashnikov avtomati va “GoPro” kamerasi topilgan.
Buni ham ko'ring Suiqasddan omon qolgan Tramp amerikaliklarni birlikka chaqirdiTrampga ziyon yetmadi, u sog'-omon, deya bildirmoqda uning saylov shtabi. Prezidentlikka respublikachi nomzod iyul oyida suiqsaqd hujumidan omon qolgan edi. U o’shanda qulog’idan yaralangan.
Prezident Jo Bayden va Vitse-prezident Kamala Harris Oq uyga respublikachi nomzodga zarar yetmaganidan mamnun ekanini bildirib, vaziyatdan boxabar bo'lib turganini aytgan.
Bayden va Harris Amerikada zo'ravonlikka yer yo'q, deb keladi va bugun ham shunday bayonot bergan.
Tramp tarafdorlariga murojaatida undan xavotir olmasliklarini so'ragan. Uning kun tartibi va rejalariga o'zgarish kiritilmagan. Bu hafta u qator ommaviy chiqishlarga shay.
Kongress a'zolari maxfiy xizmatdan hisobot so'ragan.