Parij Olimpiadasi tugashi bilan ba'zi ashaddiy muxlislar 2028-yilda Los-Anjelesda bo'ladigan yozgi o'yinlarni rejalashtirishni boshlab yubordi. Vivian Robinson ulardan biri. O'zini Olimpiadaning super muxlisi deb ataydigan bu ayol barcha olimpiada o’yinlarini yaqindan kuzatib keladi.
Olimpiada o'yinlarining super muxlisi, kaliforniyalik Vivian Robinson turli davlatlardan tashrif buyurgan ko’plab sayyohlar uchun tanish. Fransiyalik Jeyd ham uni tanidi.
"Men uni “TikTok”da ko'rganman. Shuning uchun u bilan suratga tushishni xohladim", - deydi u.
Vivian o'zini Olimpiadaning eng katta muxlisi deb ataydi. Bu kiyimida ham aks etgan. Parij Olimpiadasi u qatnashgan yettinchi musobaqa.
Buni ham ko'ring Olimpiada arafasida Fransiyaga qarshi axborot xurujlari kuchaydi"Men Avstraliya, Afina, London, Rio, Los-Anjeles, Atlanta va Fransiyadagi o’yinlarda bo’lganman. Yettita Olimpiada! Har soniyada ko‘chadagi odamlar meni to‘xtatib: “Sizni “Instagram”da ko‘rganman!” “TikTok”da, yangiliklarda ko‘rganman!” deyishadi. Bu ajoyib”, - deydi u.
Vivian Los-Anjelesda yashaydi. U 1984-yildan beri Olimpiadaning ashaddiy ishqibozi.
"1984 yilda onam Los-Anjeles Olimpiadasida ko'ngilli bo'lgan. U sportchilarni olib yurgan; jurnalistlar bilan uchrashuvlarda fransuz tilidan tarjimonlik qilgan. U har kuni to’g’nog’ich olib kelardi. Shundan keyin ularni yig’ishga qiziqib qoldim. Bir kuni odamlar Atlantada Olimpiada to’gnog’ichlarini almashtirishayotganini eshitib qoldim. Turadigan joyim bo’lmasa ham, tavakkal qilib yo’lga chiqdim”, - deydi u.
Vivian, albatta, Parij Olimpiadasiga borishi shart edi. Shu maqsadda u ikkita ishda ishlab, sayohat uchun pul tejadi. Nihoyat, u orzusiga erishdi.
Your browser doesn’t support HTML5
"Bu katta pul edi, lekin men bu xarajat uchun afsuslanmadim, chunki arziydi! Ochilish marosimi uchun 1600 dollar to'ladim. Men hech qachon bitta chipta uchun shuncha pul sarflamaganman! Ko’prikda turganimda yomg'ir yog'a boshladi. Katta shou, qayiqlar, o'yin-kulgi va mushaklarni kutgan edim! Hech narsa bo’lmadi”, - deydi u.
Vivian navbatdagi yozgi Olimpiya o'yinlari o'z shahri Los-Anjelesda bo'lishidan boshi osmonda. Bu degani, xarajatlar kamroq bo’ladi va havo ham quyoshli bo'lishi aniq.