Amerikada yashovchi kiyevlik tadbirkor ukrainalik bolalarga yordam bermoqda

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Amerikada yashovchi kiyevlik tadbirkor Artur Olshanskiy "Umid - Ukraina bolalari" xayriya tashkilotiga asos solgan. Jamg’arma ukrainalik bolalarga onlayn darslar taklif qiladi, gumanitar yordam beradi.

Artur Olshanskiy kievlik. Hozir AQShning Merilend shtati Baltimor shahrida yashaydi. IT kompaniyasiga ega. U "Umid - Ukraina bolalari" xayriya tashkilotiga ham asos solgan.

Xayriya tashkilotini vatandan uzoqda turib, boshqaradi.

" O'ng qo'limni Ukrainaga bag'ishlaganman – mana gerbning surati. Qayerdan ekanligim shundoq ko’rinib turibdi! Nega shunday qildim? Chunki odamlar bilan uchrashib, qo‘l berib ko‘rishganimda, ular kimligimni darhol bilishini istayman”, - deydi Olshanskiy.

Buni ham ko'ring Ukraina AQSh yordamida atom stansiyalari quvvatini oshirmoqda

U xayriya tashkilotiga 2021-yilda asos solgan. Tashkilot ukrainalik bolalarga onlayn ta'lim olishga yordam beradi. Tashkilot ingliz tili, shaxsiy rivojlanish bo’yicha kurslar taklif qiladi. Psixologik va gumanitar yordam beradi.

"Bolalar haqida bilganim shu bo’ldiki, ular o'sishga, karyera qilishga, hayotlarini qurishga intilishadi!", - deydi Olshanskiy.

Bugun jamg'arma 200 dan ortiq bolaga yordam bermoqda. Aksariyati frontga yaqin yoki bosib olingan hududlarda yashaydi.

Sofiya xersonlik. Qon saratoni bilan kurashmoqda. Jamg'arma uning orzulari so’nishini istamaydi.

"Chet elga o'qishga borishni orzi qilaman! Va u yerda boyib ketsam, Ukrainaga qaytishni istayman. Allergen bo‘lmagan hayvonlarga ruxsat beruvchi onkologiya shifoxonasi ochgim keladi. Kasalxonada ekanligimda, uy jonivorlarimni juda sog'indim ", - deydi qiz.

Nikopollik Yehorning uyi hujumga uchradi.

“Hayot keskin o'zgardi... Uyimizni bombardimon qilishdi, otam hujumda vafot etdi. Uzr, bu haqda gapirish qiyib”, - deydi u.

Lekin u orzularidan kuch oladi.

Buni ham ko'ring Amerikalik tarixchi Ukrainada temirchilik qilmoqda

“Onlayn darslarda ishtirok etyapman, hammasi yaxshi ketyapti! Ammo offlayn o’qishni istayman, ekran orqali emas”, - deydi u.

Jamg’arma talabalarni ta'lim dasturlari va dargohlari bilan bog'lashga yordam beradi.

"Katta bo'lganingizda kim bo'lishni xohlaysiz? Dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchi mutaxassis! Yaxshi! Sizni maqsadingizga erishishda yo’l-yo’riq ko’rsata oladigan soha vakillari bilan bog’laymiz”.

Olshanskiyning jag’armasi yana 300 nafar ukrainalik talabani qabul qilishni rejalashtirmoqda.