"Katta Yigirmalik” sammiti nima bilan tugadi?

  • Amerika Ovozi

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida “Katta Yigirmalik” guruhiga a’zo mamlakatlar rahbarlari ishtirokidagi ikki kunlik sammit o’z nihoyasiga yetdi.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot - 20-noyabr, 2024-yil - "Katta Yigirmalik” sammiti nima bilan tugadi?

G’arb davlatlarining yakuniy bayonotga Rossiyaning Ukrainadagi urushini qoralovchi satrlarni qo’shish taklifini rivojlanayotgan mamlakatlar rad etdi.

Anjuman mezboni Braziliya ko’proq rivojlanayotgan mamlakatlar ehtiyojlariga urg’u berishga chaqirdi.

Braziliya Prezidenti Luis Inasio Lula da Silva globalizatsiya muvaffaqiyatsizlikka uchraganini aytdi.

Qo’shma bayonotda iqlim o’zgarishini sekinlashtirish, qashshoqlikni kamaytirish, milliarderlarga global soliq solish zaruratiga urg’u berildi, BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari sonini beshtadan oshirishga da’vat bitildi.

“Katta Yigirmalik” G’azo va Livanda otashkesimga, Isroil va Falastin o’rtasida tinchlik o’rnatishga chaqirdi. AQSh va G’arb davlatlari turli forumlarda Isroil o’zini himoya qilishga haqli deb kelsa-da, ”Katta Yigirmalik” sammiti bayonotiga bu satrlar ham qo’shilmadi.

AQSh Prezidenti Jo Bayden XAMASni otashkesim haqidagi takliflarni rad etayotganlikda ayblab, unga bosim qo’yishga chaqirdi.

Tashkilotning o’tgan yilgi yig’inida Ukraina urushi va undan ko’rilayotgan iqtisodiy va insoniy zarar haqida gap ketgan edi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rio-de-Janeyro sammitida bu mavzuga ko’p e’tibor berilmaganini qoraladi.

“Katta Yigirmalik” davlatlari Braziliyada o’tiribdi. Biror narsa deyishdimi? Hech narsa, pichoqqa ilinadigan hech narsa deyishmadi”, - deya nolidi u.

Keyingi sammit Janubiy Afrikada o’tkaziladi.