Afg'onistonda Amerikaga qarshi namoyishlar

Hirot, 1 aprel 2011

Hirotda Amerikaga qarshi namoyishlar

Kobul, 1 aprel 2011

Terri Jouns, Florida shtatidagi cherkovlardan birining rahbari. Qur'on va islomga qarshi kampaniya olib bormoqda.

Kobul, 1 aprel 2011

Kobul, 1 aprel 2011

Mozori-Sharif, 1 aprel 2011

Kobul, 1 aprel 2011

Kobul, 1 aprel 2011

Mozori-Sharif, 1 aprel 2011

Kobul, 1 aprel 2011

Xalqaro koalitsiya

In this photo provided by ISAF Regional Command (South), a U.S. Army soldier patrols near near the village of Tarok Kolache, Friday, April 1, 2011, in the Arghandab River Valley of Afghanistan. Village elders and coalition forces held a ribbon cutting cer

Qandahor

Qunduz

Qandahor

Arg'andab vodiysi

Arg'andab vodiysi

Arg'andab vodiysi

Arg'andab vodiysi

Afg'oniston shimolida Birlashgan Millatlar Tashkilotining yetti xodimi o'ldirilgan. Ularga Qur'onning yoqilishiga qarshilik bildirib namoyishga chiqqan odamlar hujum qilgan. Voqea Balx viloyati ma'muriy markazi Mozori-Sharif shahrida ro'y bergan. Halok bo'lganlarning to'rt nafari nepallik, qolgan uch kishi esa turli davlatlarning fuqarolari. Mahalliy rasmiylarning bildirishicha, o'nlab afg'onlar jarohatlangan. Xurujda ayblanib 25 kishi hibsga olingan. Shaharda haloyiqni ko'chaga olib chiqqan narsa - AQShning Florida shtatida ruhoniy Terri Jouns Qur'on va islomga qarshi olib borayotgan kampaniyadir. Afg'on prezidenti Hamid Karzay bu harakatlarni bir necha bor qoralagan va Amerika hukumatini chora ko'rishga chaqirib kelmoqda. BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun hujumni o'taketgan ablahlik deb atab, voqeadan g'azabda ekanini aytmoqda. AQSh prezidenti Barak Obama hujumchilarni shafqatsizlikda ayblab, jabr ko'rgan insonlar va halok bo'lganlarning oilalariga hamdardlik bildirmoqda. Davlat departamenti so'zlovchisi Mark Toner Floridada Qur'onga qarshi olib borilayotgan harakatlar Amerika xalqi munosabatini aks ettirmasligini aytib, islomga bu jamiyatda ham millionlab insonlar e'tiqod qilishini eslatmoqda. Namoyishlar Kobul va Hirotda ham bo'lib o'tgan. Haloyiq Amerikaga lan'atlar aytib hayqirgan. Lekin zo'ravonlik hollari kuzatilmagan.