Turkmaniston neft-gaz sanoati va mineral resurslar vaziri Gunbanmurod Atayevga ko’ra, ayni damda Turkmaniston Ukrainaga to’g’ridan-to’g’ri gaz yetkaza olmaydi.
“Rasmiy Kiyev, Rossiya bilan gaz tranziti bo’yicha kelisha olmas ekan, Turkmaniston Ukrainani gaz bilan ta’minlay olmaydi”, -dedi vazir Atayev.
Mazkur bayonot Ukraina Turkamanistonni gaz yetkazish bo’yicha o’tgan yil dekabrda imzolangan kelishuvga rioya qilmayotganlikda ayblaganidan so’ng chiqarildi.
Turkmaniston tomoni Ukraina Rossiya bilan uning hududlari orqali gaz tranziti masalasi bo’yicha kelisha olmas ekan, gaz yetkazishning umuman iloji bo’lmasligini qat’iyan ta’kidlab kelmoqda.