20 aprel kuni, Venada Birlashgan Millatlar tashkilotining qiynoqlar bo’yicha maxsus vakili Manfred Novak yana bir bor O’zbekistonni qiynoqlarni qo’llaydigan davlat, deya ta’rifladi. “Hibsga olinganlarning suddan oldingi ahvoli va ularga ko’rsatiladigan munosabat ayanchlidir. Hibsdagilar elektr toki bilan azoblanishi haqida ham ma’lumotga egamiz”, - dedi janob Novak.
Kecha Britaniyaning O’zbekistondagi sobiq elchisi Kreyg Myurrey ham O’zbekistondagi qiynoqlar masalasi bo’yicha Bryusselda Yevropa parlamenti oldida chiqish qildi.
Elchi Myurreyga ko’ra, AQSh va Britaniyaning razvedka xizmatlari terrorga qarshi urush bahonasida, Afg’onistondan mahbuslarni maxfiy tarzda O’zbekiston qamoqxonalariga olib kelgan. “Bu qamoqxonlarda mahbuslarni qiynoqqa solish esa odatiy hol. Qiynoqlar qaynab turgan suvga solishdan tortib, turli jinsiy tajovuzlargacha darajalanadi”, - dedi Kreyg Myurrey.