AQSh elchixonasi viza masalasiga oydinlik kiritdi

AQShning O`zbekistondagi elchixonasida viza masalalariga doir o`tgan uchrashuvda konsullik ish tartibidagi yangiliklar, viza olish masalasi bilan bog`liq vaziyat muhokama qilingan.

AQSh konsulining aytishicha, har yili minglab o`zbekistonliklar viza oladi, qaysi holatlarda rad javobini berish esa alohida masala.

Unversitet talabalariga yozgi ta’til davrida AQShda ishlab kelish imkoniyatini beruvchi dastur mart oyida ishga tushishi mumkin.

Bu dastur bo`yicha viza olishga muvaffaq bo`lgan yoshlarga asosan sayyohlik yoki shunga yaqin sohalarda vaqtinchalik ishlash tavsiya etiladi.

AQSh konsuli janob Rafael Perezning so’zlariga qaraganda, o`tgan yil talalabalar uchun mo`ljallangan yozgi ish dasturi bo`yicha 150 ka yaqin talaba AQSh bo`lib qaytgan.

“Bu dasturda qatnashish uchun arizalarni qabul qilish vaqti bahorning boshiga to’g’ri keladi. Dasturga doir qo`shimcha axborotni keyinchalik ma`lum qilamiz”, - deydi Rafael Perez.

AQSh elchixonasi 2008 yildan boshlab konsulllik xizmatida joriy etilgan yangiliklar haqida ma`lumot berdi.

Jumladan, konsullik xizmati yanvardan boshlab kompyuterlashgan yangi tizim bo`yicha xizmat ko`rsatishga o`tgan.

Viza uchun murojaat qiluvchilar internet orqali konsul bilan suhbatni oldindan belgilashi mumkin.

“Hozirgacha bo`lgan tajribaga ko`ra, yangi tizim joriy etilishi viza uchun murojaat qiluvchilarga ma`qul bo`lgan. Ularda suhbat uchun qaysi kunni tanlash imkoniyati bo`ladi”, - deydi konsul Rafael Perez.

2008 yildan konsullik xizmati uchun to`lovlar oshgani ham ta`kidlab o`tildi. Konsullik xizmati uchun avvalgi 100 dollar to`lov 131 dollarga ko`tarilgan.

Bu haq dunyodagi barcha AQSh konsulliklarida tadbiq etilgan.

AQSh vizasini olish o`zbekistonliklar uchun o’ta murakkam jarayonligicha qolmoqda. Jurnalistlar AQShga sayohat qilish uchun viza olishi o`ta qiyin ekanini ta’kidlamoqda.

Konsullik bo`limi statistik ma`lumotlar haqidagi savolga aniq raqamlar keltirmaydi. Faqat o`tgan yil hisobida mingdan oshiq odamga viza berilganini ta`kidlaydi.

Janob Rafael Perezning aytishicha, viza berish jarayoni O`zbekiston va AQSh o`rtasida munosabatlar sovushiga bog’liq emas. O`zbekiston hukumati konsullik ishiga ta`sir eta olmaydi, faqat ikki tomonlama munosabatlarda qayd etilgan ayrim holatlar bundan mustasno.

Masalan, avval AQSh vizasi 4 yillik muddatga berilgan, hozir bu muddat bir yilni tashkil etadi.

Konsulning so’zlariga ko`ra, O`zbekiston tomonidan viza berish muddati bir yilga tushirilgach, AQSh ham xuddi shunday yo`l tutgan.

Keyingi paytda mustaqil tarzda AQSh universitetlariga o`qishga kirgan talabalarga konsullik tomonidan rad javobi berilayotgani haqida ma`lumotlar ko`paymoqda.

“Talaba AQSh unversitetiga o`qishga kirgan tadqdirda ham viza berilmagan holatlarni rad eta olmayman. Lekin bu faqat ayrim holatlarda ro’y bermoqda. Masala, ta`kidlanganidek, har bir kishiga bo`lgan individual yondashuv bilan bog`liq. Haqiqatda esa tlabalar uchun muntazam ravishda viza berib kelinadi”, - deydi AQSh konsullik xizmati vakili janob O`Xara.