8 mart - Xalqaro Xotin-qizlar kuni.
Mazkur bayram 1910 yildan beri nisonlab kelinadi.
Unga o’sha yili Daniya poytaxti Kopengagenda o’tgan Sotsialist Ayollar Xalqaro Anjumanida asos solingan.
8 mart tenglik, ozodlik va xotin-qizlar erishgan yutuqlar tantana qilinadigan kun.
O’zbekiston ayollarining bugungi kayfiyati qanday?
Ular nimalar bilan band? Xotin-qizlar bugun qanday qiyinchiliklar bilan yuzlashmoqda? Ularning jamiyatdagi mavqei qanday? Hayotidan mamnunmi?
Ushbu lavhada mana shu savollarga javob topishga harakat qildik.
Nima bo’lishidan qat’iy nazar, bahorning ilk kunlariga to’g’ri kelgan bu ayyomda ayol kishi atrofdagilardan hurmat-e’tibor, mehr-oqibat, sovg’a-salom, xushbo’y gullar va shirin so’z kutadi. Bayramingiz muborak bo’lsin!