Medvedev: Rossiya iqtisodiyoti og'ir ahvolda

Oxirgi 10 yil ichida ilk bor Rossiya byudjetida kamomad bo’lishi kutilmoqda.

Prezident Dmitriy Medvedev bugun vazirlar bilan majlis qilib, ularni bu yil federal daromad past bo’lishi haqida ogohlantirgan.

Medvedevning qayd etishicha global inqiroz Rossiya iqtisodiyotiga kutilganidan ham kuchliroq ta’sir qilgan va harajat daromaddan o’tib ketgan.

Statatistika ma’lumotlariga ko’ra joriy yilning birinchi choragida kishi boshiga daromad 9,5 foizga kamaygan.

Hukumat aslida bu ko’rsatkich 2,2 foizdan oshmaydi deya taxmin qilgan edi.

Neft va boshqa tabiiy boyliklar bahosi dunyo bo’ylab tushib ketgani sabab, deydi prezident Medvedev, Rossiya o’z iqtisodiy siyosatini qayta ko’rib chiqishga majbur.

“Narxlar yana ko’tarilishi mumkin, albatta”, - deydi Medvedev. Lekin jahon bozori inqiroz domida ekan, davlatlar o’z byudjetini sharoitga moslashtirish harakatida.

Rossiyada ishsizlik ayni damda 10 foizdan oshgan. Ishlab chiqarish hajmi esa 17 foizga qisqargan.