AQSh rahbarining Turkiyaga tashrifi turkistonliklar nazarida

AQSh rahbari Barak Obama 6 aprel kuni Anqarada Turkiya prezidenti Abdulla Gul bilan o'tgan matbuot anjumanida ikki davlat o'rtasidagi aloqalar mustahkam ekanini yana bir bor ta'kidlagan.

Prezident Obama hukumat va muxolifat vakillari bilan uchrashgach, Turkiya Buyuk Milliy Majlisi – parlamentida nutq so'zladi.

Obamaning Turkiyaga tashrifi jahon bo'ylab va ayniqsa musulmonlar tomonidan katta qiziqish bilan kuzatilmoqda.

O'zini turkistonlik deb atovchi muhojirlar AQSh-Turkiya aloqalarini ijobiy baholamoqda.

"Amerika Ovozi" ularning ayrimlarini mazkur mavzu yuzasidan suhbatga tortdi.

()