Toshkentdagi baynalmilal markazda Ukrainadagi namoyishlarni yoqlab yaqinda piket qilganlar masalasi muhokama qilingan. Yig'inda Ukraina va Qrim tatarlari madaniyat markazlaridan odam bo'lgan. Ular piketchilarni qoralamoqda.
Baynalmilal markazdagi muhokama haqida matbuotda chiqqan maqola “Biz Ukraina taqdiriga befarq emasmiz” deb nomlagan. Ammo yig’inda Ukrainadagi hodisalar emas, asosan, Toshkentdagi piketchilar tanqid qilingan.
“...bu yig’ilishda Ukraina qanaqa siyosiy yo’ldan ketishi, Ukrainada nimalar bo’layotgani haqida muhokama yuritilgani yo’q. Bu madaniy markazga daxldor masala emas. Biz mutlaqo boshqa yo’nalishdagi masalani gaplashdik. Majlisda Toshkentdagi elchixona va Shevchenko yodgorligida o’tkazilgan mintinglarda ukrainlar diasporasi nomidan ariza qilingani qoralandi. Bu mitingda bitta ukrain qatnashgani butun diasporani anglatmaydi. Bunday bayonotlar rasmiy idora tomonidan qilinishi kerak”, - deydi O’zbekistondagi ukrainlar madaniyat markazi rahbari Viktor Boyko “Amerika ovozi” bilan suhbatda.
Namoyishlarni qo’llagani uchun jarimaga tortilgan fotograf Umida Ahmedova so'zlariga ko’ra, aksiya qatnashchilari biror madaniy markaz nomidan emas, o’z fuqarolik pozitsiyasini bildirishgan.
Ma’lumotlarga ko’ra, O’zbekistonda yuz migga yaqin ukrainlar, yuz mingga yaqin Qrim tatarlari yashaydi. Ammo hukumat kuzatuvida bo’lgan milliy markazlardan mustaqil fikr kutish qiyin.
“O’zbekistondagi madaniy markazlar vakillari O’zbekiston fuqarolaridan iborat. Ukrainlar madaniyat markazi ham hozir Kiyevda namoyishlar bo’ladi deb biron narsa aytishga qo’rqadi, chunki ular davlat nazoratida turgan tashkilotlar", - deydi Ahmedova.
Viktor Boykoning aytishicha, madaniyat markazida Ukrainadagi hodisalar yuzasidan rasmiy bir pozitsiya shakllanmagan. Ammo uning o’zi g’arbiy Ukrainada millatchilik kuzatilayotganidan tashvishda.
Namoyishlarni yoqlayotgan qrim tatarlari uchun esa Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlik vatani Qrimda milliy huquqlarning himoyasi uchun imkon sifatida ko’riladi.
Ukrainadagi g'alayon yuzasidan O’zbekistonda uzoq vaqt sukut saqlandi.
27-yanvarda bir guruh faollar Toshkentda ukrain elchixonasi yonida yig'ilib, namoyishchilarga hamdard ekanini baralla aytdi. 29-yanvar kuni ularning barchasi hibsga olindi, shoshilinch o’tgan sud ketidan ishtirokchilarning bir qismi jarimaga torildi, uch nafari ayni paytda 15 kunlik qamoq jazosini o’tamoqda.
Yaqinda bu faollar himoyasi uchun Parijda va Kiyevda piketlar o’tdi.
Prezidentlar Viktor Yanukovich va Islom Karimov diktatorlikda ayblangan bu chiqishlarda isyonchilarga nisbatan kuch ishlatishni to’xtatish, faollarni ozod etish talab qilindi. Parijdagi aksiya tashkilotchilaridan biri, “O’t yuraklar” tashkiloti ta'rifiga ko'ra, O’zbekistondagi diktatura fuqarolik pozitsiyasini ko’rsatishga jur'at etgan faollarni ezishda davom etmoqda.
Your browser doesn’t support HTML5