NATO Afg'onistonda nazorati ostidagi hududlarn mahalliy kuchlarga topshirar ekan, bugun Panjsher viloyati xalqaro koalitsiya himoyasidan chiqqan. Viloyat xavfsizligini bundan keyin yolg'iz afg'on kuchlari ta'minlaydi.
Shu tariqa bir hafta ichida Lashkar-Goh, Hirot va Mehterlam shaharlari hamda Bomiyon viloyati ham NATO nazoratidan chiqarildi. Panjsher shimolda joylashgan bo'lib, poytaxt Kobuldan 130 kilometr masofada joylashgan.
Yaqin kunlarda Kobulning bir necha rayoni ham mahalliy kuchlar qo'liga o'tadi. Xalqaro koalitsiya jarayonni kelasi uch yilda yakunlab, 2014-yil oxirigacha mamlakatni tark etishi kutilmoqda.