Afg'oniston janubidagi Hilmand viloyatida amerikalik jurnalist va uning tarjimoni halok bo'lgan. Jamoat Radiosi (NPR) fotomuxbiri Deyvid Gilki va Zabihullo Tamanno afg'on askarlari bilan mashinada ketayotgan payt hujumga uchragan.
Ular bilan sayohat qilayotgan yana ikki kishi omon qolgani xabar qilinmoqda.
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bu voqea Afg'oniston xalqi yuzlashayotgan tahdidlarni, dovyurak jurnalistlarni yana bir bor eslatdi, deydi.
"NPR" radiosining internetdagi sahifasida 50 yoshli Deyvid Gilki iste'dodli fotosuratchi va video muhandis deya e'tirof etiladi. 2001-yil 11-sentabr terror xurujlaridan so'ng u Afg'onistonga qadam qo'ygan ilk jurnalistlardan edi.
Gilki 2008-2009-yillarda G'azo sektorida Isroil va XAMAS guruhi o'rtasidagi urushni yoritgan. Harbiy mojarolar va tabiiy ofatlar ro'y bergan hududlardan xabar uzatgani uchun qator mukofotlar sohibi edi.
AQShda asoslangan Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasiga ko'ra, Afg'oniston ham mahalliy, ham xorijiy muxbirlar uchun eng xavfli joylardan biri bo'lib qolmoqda. 2001-yildan buyon mamlakatda 24 jurnalist va matbuotning yana bir xodimi halok bo'lgan.