Afg’onistondan qo’shinlarini chiqarayotgan AQSh Markaziy Osiyodan vaqtinchalik harbiy qo’nalg’a qidirayotganiga doir xabarlar muhokamaga chiqqan.
Buni ham ko'ring AQSh harbiy bazalarni Afg'oniston ixtiyoriga topshirmoqdaBunga sabab xalqaro matbuotda AQSh Afg’onistonga favqulodda harbiy ko’mak ko’rsatish uchun mamlakatga yaqin biror hududdan harbiy bazaga muhtojligi, shu maqsadda mintaqani ayrim davlatlari bilan muzokara yuritayotganiga doir maqolalar bo’ldi.
G’arbdagi qator nufuzli nashrlarga tayanilsa, AQSh rasmiylari Markaziy Osiyo hukumatlari bilan bu borada muloqotda.
Gap asosan Afg’onistonga bevosita qo’shni bo’lgan Tojikiston va O’zbekiston haqida ketmoqda.
Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning yaqinda Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) prezidentlarining yagona vakili sifatida Moskvadagi paradda qatnashgani inobatga olinsa, Dushanbe AQSh harbiylarining mamlakatda joylashishiga rozilik berishi ehtimoli uzoqdek.
Buni ham ko'ring O’zbekiston va Rossiya strategik harbiy hamkorlik dasturini imzoladiAvvalroq Rossiya mudofaa vazirini Buxoroda qabul qilgan O’zbekiston tomoni ham xorij harbiy bazalarini mamlakatda joylashishi taqiqlanganiga doir bayonot bilan chiqqan edi. Bu bayonot Sergey Shoyguning tashrifi, Rossiya bilan harbiy strategik dastur imzolanishi munosabati bilan tarqatilishiga qaramasdan, xorijiy harbiy bazalarga joy berilmaslikka doir ishora aniqdek.
Bundan qat’i nazar xalqaro qo’shinlar Afg’onistonni tark etishi ortidan mamlakatda yana fuqarolik urushi avj olishiga doir xavotirlar kuchli. Bu Afg’onistonga favqulodda ko’mak beruvchi kuchlarning regionda bo’lishidan Markaziy Osiyo davlatlarini, hatto Rossiyani ham manfaatdor qilishi ta’kidlanmoqda.
Shunday ekan, AQSh harbiy bazasining mintaqada, xususan, O’zbekistonda joylashishi ehtimoli qanchalik real? “Amerika Ovozi” mavzuni siyosatshunos Farhod Tolipov bilan muhokama qildi.