Afg'onistonda toshqin o'nlab odamni hayotdan olib ketdi

  • Amerika Ovozi

Jovjon viloyati

Afg’oniston shimolida kuchli yomg’ir va toshqin 100 dan ziyod kishini hayotdan olib ketgan.

Juzjon viloyatini, xususan, toshqin urganida ko’plar uyquda bo’lgan va kamida 45 odam nobud bo’lgan.

Ko’plar hududdan ko’chirilmoqda, lekin ba’zi fuqarolar mol-holini tashlab ketishdan bosh tortgani ma’lum. 24 kishi bedarak ketgan.

Faryob, Sari Pul va Badg’is viloyatlarida ham talofatlar bor.

Kamida besh ming odam tabiiy ofat natijasida uyini tashlab chiqishga majbur bo'lgan.

Daragi yo'q odamlarni qidirish uchun vertolyotlar safarbar etildi. Qora mol orasida ham katta zarar ko'rildi, deydi rasmiylar.

Yog'inlar davom etib, talofatlar soni oshishi kutilayapti.

Afg'onistondagi bugungi hayot

Bahorgi yomg'ir asoratlari

Afg'oniston

Afg'oniston

Jovjon viloyati