Afg'oniston xavfsizlik kuchlari al-Qoidaga aloqador Haqqoniy jangari guruhining ikki sardorini ushlagan. Guruh mamlakatda afg'on va NATO armiyasiga qarshi amalga oshirilgan qaqshatqich zarbarlar ortida turgani ma'lum.
Rasmiylarining aytishicha, jangari guruh asoschisining o'g'li Anis Haqqoniy va jangarilar qo'mondoni Hafiz Rashid seshanba kungi maxsus amaliyot paytida qo'lga tushgan.
Anis Haqqoniy kompyuter bo'yicha malakali mutaxassis va ijtimoiy tarmoqlar orqali odamlarni yollash bilan shug'ullangan. Bundan tashqari, u Haqqoniy tarmog'ini hozir boshqarayotgan akasi Sirojiddin Haqqoniyga hal qiluvchi qarorlar qabul qilishda yordam beradi.
Rashid esa Afg'oniston janubi-sharqidagi amaliyotlarga bosh bo'lib, suiqasd xuruji uchun zarur aslahalarni yetkazgan va hujumlar uchun manzillarni tanlagan.
Haqqoniy tarmog'i toliblar va al-Qoidaga aloqador hamda Pokiston bilan chegaradosh qabilaviy hududlardan turib hujumlarni amalga oshirib keladi.