Kobulning gavjum bozorlari va oddiy xonadonlarida televizor qarshisida yig’ilgan oilalar quvonchini yashira olmaydi. Afg’onlar mamnun.
Davlat xizmatchisi Zokirulla Shershoh Barak Obama Oq Uyda qolganidan xursand.
“Saylovni berilib tomosha qildik. Obamaning g’alabasi Afg’oniston kelajagi uchun muhim, chunki u urushni tugatib, askarlarni olib chiqmoqchi. Bu esa biz, afg’onlar uchun yaxshi xabar. Obama Afg’oniston borasida aniq siyosat yuritayapti”.
Aksariyat afg’onlar fikricha, Obama va uning respublikachi raqibi Mitt Romni bu davlat va urushni qanday tugatish yuzasidan bir pozitsiyada edi. Lekin Obama ishonchliroq lider, deydi ular.
Afg’on jamoatchiligi nazarida Romni Eronga nisbatan agressiv harakat qilib, mintaqada yana bir urush boshlanishi mumkin edi. Bundan Afg’oniston ziyon ko’rardi, deydi “Amerika Ovozi” bilan gaplashgan ziyolilar.
Ba’zi kobulliklar AQSh-Afg’oniston rishtalari uchun Obama g’alabasi ma’qul deydi. Ayniqsa, 2014-yilda xalqaro koalitsiya mamlakatni tark etishi aniq bir pallada.
Prezident Hamid Karzayning aytishicha, Obama hukmron ekan, Kobul-Vashington aloqalari yanada keng quloch yozadi. Karzayning o’zi prezidentlikning ikkinchi muddatini yarimlab qo’ydi hisob. 2014-yilda, chet el askarlari butunlay ketgan yili bu mamlakat ham yangi rahbar saylashi kerak. Karzay uchinchi bor qatnashishini konstitutsiya man etadi.
Afg’oniston hukumati saylov, umuman, boshqaruvni eplashiga, xavfsizlikni mustaqil ravishda ta’minlay olishiga ishon past. Xavotir shuki, NATO va Amerika ketib, hukumat byudjetni taqsimlash, maoshni vaqtida to’lash, armiyaga g’amxo’rlik qilish kabilarda no’noqlik qiladi.
G’azni viloyati sobiq hokimi Shir Xosti Obama ma’muriyatidan nimalar kutilayapti degan savolga shunday javob beradi:
“Umid qilamizki, kelasi to’rt yilda Amerika Tolibon bilan murosa izlashda bizni qo’llab yuboradi. Kobulda pishiq, ishonchli va oshkora hokimiyat barpo etishda yordamini ayamaydi. Pokiston va Eron bilan savdo va boshqa sohalarga doir muzokarada vositachilik qilishda Afg’onistonga qo’ldan kelgancha ko’maklashar, axir”.
Obama Pokiston va Eronga bosimni oshirsin, toki ular terrorchi va ektremist guruhlarga qarshi berilibroq kurashsin, deydi sobiq rasmiy.

Your browser doesn’t support HTML5