Koalitsiya Suriyada neft zavodini urib, 30 odam o'lgan

  • Amerika Ovozi

Suriyada o'rnashgan jangarilar

Faollarning aytishicha, Amerika boshliq koalitsiya kecha Suriya shimolida neftni qayta ishlovchi zavodni havodan urib, natijada 30 odam o'lgan.

Britaniyada asoslangan huquq tashkiloti Suriyadagi manbalariga tayanadi. Guruhning bildirishicha, zavod "Islomiy davlat" jangarilarining manzili rolini o'tagan va o'lganlar orasida jangarilar hamda ishchilar bor.

Koalitsiya Iroq va Suriyada "Islomiy davlat" bilan olishayotib, avgust oyidan beri 2300 dan oshiq havo hujumlarini amalga oshirdi.

Iroq hukumatining madaniy merosni himoya qilishda yordam so'rashi ortidan koalitsiya hujumlarga zo'r berdi.

Jangarilar Iroqdagi qadim shaharlarda tarixiy obidalarni, bir necha asrlik merosni talon-taroj qilmoqda.

Nodir asarlar qora bozorda pullanib terrorizmni moliyalashda foydalanilishiga yo'l qo'ymaylik, deydi BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun.

Your browser doesn’t support HTML5

AQSh, Suriya, "Islomiy davlat"

Suriya va Iroq