Bundan besh yil oldin, 2007-yilning 24-oktabrida O’shda yosh va fidokor jurnalist Alisher Soipov otib o’ldirilgan edi.
Uni kim va nima uchun nishonga olgani, Qirg’iziston va qo’shni O’zbekistondagi adolatsizliklar, repressiya va qonunbuzarlik haqida o’tkir maqolalar yozib tanilgan, jasur va serga’yrat bu yigitning joni kimlarga kerak bo’lgani xususida ko’plab taxmin va isbot-dalillar mavjud.
Ammo adolat haligacha qaror topmadi. Bir necha tergov ishlari ochildi, bir shaxs qotillikda aybdor deb topilib uzoq yillik qamoq jazosiga mahkum etildi. Lekin Alisher Soipovning oilasi nazarida asl qotil u emas.
Soipovlar o’zlari mustaqil holda tekshiruv ishlari olib borgan va yig’ilgan ma’lumotlarga asoslanib, Qirg’iziston hukumatidan yangi tergov boshlab, adolatni ta’minlashni talab qilmoqda. Biroq bugungacha biror yangilik yo’q.
Alisher Soipov “Amerika Ovozi” ning Markaziy Osiyodagi jamoatchi muxbirlaridan biri edi.
Jurnalist uzatgan har bir material “Amerika Ovozi” muxlislari tomonidan chuqur qiziqish va e’tibor bilan o’qilar va tinglanar edi.
Alisher biz uchun mintaqadagi nozik mavzularni yoritib yurgan qo’rqmas hamkasb edi. Qirg’iziston fuqarosi va o’zbek ekani bilan birdek faxrlanib yashayotgan 26-yoshli inson edi u.
Va balki eng muhimi, Alisher bir mag’rur va jafokash ota-onaning o’g’li, to’rt ukaning jigari, yosh bir kelinning turmush o’rtog’i va uch oylik qizaloqning otasi edi.
Shohruh Soipov, Alisherning ukalaridan biri, “Amerika Ovozi” bilan dildan suhbatlashib, oila boshdan kechirgan fojia va jurnalist qoldirgan meros haqida gapirib berdi.
Your browser doesn’t support HTML5