“Xalqaro Amnistiya” tashkiloti tarqatgan xabarga ko’ra, 5-mart kuni O’zbekistonda siyosiy mahbus Mamadali Mahmudovga qarshi qamoqxona tartib-qoidalarini buzgani uchun yangi jinoiy ish qo’zg’atilgan.
14 yildan beri hibsda qolayotgan Mahmudov yaqinda muddati tugab, ozodlikka chiqishi kutilayotgan edi. Tashkilot ma’lumotiga ko’ra, hukumat yangi ayblov qo’yib, mahbusning qamoq muddatini yana uzaytirish harakatida.
Yaqinda 72 yoshini qarshilagan Mamadali Mahmudov 1999-yil konstitutsiyaviy tuzumni ag’darishga uringanlik aybi bilan 14 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi. Shu yilning 5-mart kuni 31 marta qamoqxona qoidalarini buzgani uchun prokuror unga qarshi yangi jinoyat ishi ochganini ma’lum qilgan.
Mahmudovning aytishicha, u tartibni buzgani haqida ilgari biror marta ogohlantirilmagan. Jinoyat Kodeksining 221-moddasi bilan ayblanayotgan mahbusning qamoq muddati yana besh yilgacha uzaytirilishi mumkin.
Yaqinlarining aytishicha, uning sog’ligi yaxshi emas. Hibsda unga muntazam noinsoniy munosabatda bo’lingan. Hatto yaqinlari bilan ko’rishishiga ruxsat berilmayotgani aytiladi.
“Xalqaro Amnistiya” O’zbekiston hukumatiga murojaat etib, Mamadali Mahmudovni sog’ligi og’irlashgani bois zudlik bilan ozod etishga va zarur tibbiy muolaja bilan ta’minlashga chaqirmoqda.