Din

Fransiya elchixona, vakolatxonalarini yopdi

  • Amerika Ovozi

Qohirada Fransiya elchixonasi, 19-sentabr.

Fransiyada satirik jurnal Muhammad payg’ambarni mayna qiluvchi suratlarni bosib chiqqach, bu davlat dunyoning turli burchaklarida elchixona, vakolatxona, madaniy markaz va maktablarini vaqtincha yopishga qaror qilgan.

Your browser doesn’t support HTML5

Kundalik Eshittirish



Bu ehtiyot chora, deydi Fransiya tashqi ishlar vazirligi.

Hukumat va din ahli jamoatchilikni bosiqlikka chaqirmoqda. Charlie Hebdo jurnalining bugungi sonida payg’ambar yalang’och qilib tasvirlangan suratlar ham bor.

Nashr o’tgan yili ham o’xshash karikaturani chop etib, natijada Parijdagi idorasiga o’t qo’yilgan edi.

Qator davlatlarda islomni haqoratlovchi, Amerikada ishlangan filmga qarshi namoyishlar davom etar ekan, AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton diplomatlar himoyasi uchun agressiv chora ko’rilmoqda, deydi.

O’tgan hafta Qo’shma Shtatlarning Liviyadagi vakolatxonasi hujumga uchrab, to’rt diplomat jon bergan edi.

Indoneziya va Tailandda Amerika diplomatik idoralari vaqtincha yopiq.

Bugun Pokiston va Afg’onistonda norozilik chiqishlari o’tgan.