Yosir Arofat zaharlangani taxmin qilinmoqda

  • Amerika Ovozi

Falastin Ozodlik tashkilotiga salkam 40 yil boshchilik qilgan Arofat 75 yoshida Parij kasalxonasida bir necha haftalik muolajadan so’ng o’lgan.

Shveysariyada joylashgan Radiofizika institutiga ko’ra, Falastin sobiq prezidenti Yosir Arofatga tegishli ba’zi buyumlarda katta miqdorda zaharli poloniy radioaktiv kimyoviy elementi qoldiqlari topilgan.

Arofatning kasallik tarixida qayd etilgan simptomlarda poloniyga biror bog’liqlik yo’q, deydi institut vakili Darsi Kristen. Mutaxassislar Arofat zaharlangan bo’lishi mumkin, demoqda. Buni bilish uchun institut 2004-yilda vafot etgan Falastin rahbarining jasadini tekshirishni taklif qilmoqda.

Arofatning bevasi Suxa al-Jazira telekanaliga bergan intervyusida bunga rozi ekanini aytdi. Arbob Iordan daryosining g’arbiy sohilidagi Ramalloh shahrida ko’milgan.

Falastin Ozodlik tashkilotiga salkam 40 yil boshchilik qilgan Arofat 75 yoshida Parij kasalxonasida bir necha haftalik muolajadan so’ng o’lgan.

2006-yilda Londonda qazo qilgan sobiq rus josusi Aleksandr Litvinenkoning organizmida ham aynan poloniy moddasi topilgan edi.