Breaking News

Falastin Isroil bilan vositachilar orqali gaplashadi


Falastin Isroil bilan vositachilar orqali gaplashadi
Falastin Isroil bilan vositachilar orqali gaplashadi

<!-- IMAGE -->

So’nggi 1,5 yil mobaynidagi ilk muzokaralarni AQShning Yaqin Sharq bo’yicha maxsus vakili Jorj Mitchell olib boradi.

2008 yilda to’xtab qolgan muzokarani qayta boshlash qarori bugun Ramallohda o’tgan uchrashuvda qabul qilingan. Tashabbusni o’tgan oy Arab Ligasi ham yoqlagan edi.

Rejaga ko’ra, AQSh elchisi Jorj Mitchell kelasi to’rt oy davomida Falastin va Isroil rahbarlari bilan uchrashib, muloqot qiladi. Ammo navbatdagi diplomatik harakatlar qanchalik samara berishi mavhum.

Falastin prezidenti maslahatchisi Yosir Obid Rabbo nazarida “bilvosita muzokaralar tinchlik jarayonini jonlantirish uchun zo’r imkoniyat”.

Falastin rasmiylari muzokaraga AQShdan “kafolat” olgach ko’ngani aytilmoqda. Ya’ni Sharqiy Quddusda qurilishni kengaytirmaslik sharti bilan. Falastin bu yerlarni bo’lajak poytaxti uchun mo’ljallab qo’ygan.

Isroil Quddusni butunligicha o’z poytaxti deb biladi va bu masalada yon berish niyati yo’qligini ta’kidlab keladi. Iordan daryosining g’arbiy sohilida qurilish 10 oyga muzlatilgan, ammo keyinchalik davom etadi, deydi rasmiylar.

XS
SM
MD
LG