Ijod ahli nazarida, san’at hayotni, xalq dardini aks ettirishi kerak. Hayot esa rang-barang mavzularga boy. Masalan, o’zbekistonlik rassom Sergey Ignatyev o’z asarlarida inson huquqlari mavzusini tilga oladi. Ijodkor yaqinda shu mavzuda o’z ko’rgazmasini tashkil etdi. Fursatdan foydalanib, ijodkorni suhbatga tortdik.
Sergey Ignatyev AQShning Florida shtatida yashab ijod qiladi. Rassom asarlarini ko’rib, ularda inson mavzusiga markaziy o’rin berilganini anglash qiyin emas.
“Men uchun yagona bir mavzu yo’q. Umuman, inson haqida ijod qilaman. Uning ichki dunyosini chizaman. Masalan, mahbuslardan kelgan xatlar asosida tasviriy asarlar yaratdim. Bu ijodimdagi mavzulardan biri. Shuning uchun ijodim faqat bir mavzu bilan cheklangan, deb aytolmayman”, - deydi ijodkor.
Sergey Ignatyev so’nggi yillarda inson huquqlari mavzusida asarlar yarata boshladi.
Qamoqdagi mahbuslar yozgan xatlarni, ular boshdan kechirgan qiynoqlarni o’qib, shu mavzuda rasm chizish niyati tug’ildi menda, deydi u.
“Uch yilcha avval bu ishga qo’l urdim. Bungacha inson huquqlari bilan hech shug’ullanmagan edim. Tasviriy san’atning boshqa turlarida ijod qilar edim. Uch yil oldin qamoqxonalardan chiqqan hujjatlar, xatlar qo’limga tushib qoldi. Ularni o’qigandan so’ng menda bu mavzuga qiziqish uyg’ondi. Hozirgacha shu yo’nalishda ishlab kelyapman”, - deydi u.
Rassom yaqinda inson huquqlariga bag’ishlangan o’z asarlari ko’rgazmasini tashkil etdi. Uning bu mavzudagi 44 kartinasini o’z ichiga olgan ko’rgazma Amerika va Yevropa mamlakatlarida namoyish etilmoqda.
Bu asarlarda O’zbekiston qamoqxonalaridagi qiynoqlar, mahbuslar o’y-kechinmalarini ifodalashga urindim, deydi u. Rassomning aytishicha, mahbuslarning ichki dunyosi realizm tamoyillari asosida yoritilgan.
“Rasmlarim abstrakt emas, voqelikka asoslangan. Ularni ko’rganlar yoki ustaxonamga kelib tanishgan odamlar gap nima haqida ekanini tushunishadi. Menga sobiq mahbuslar qo’ng’iroq qilib, qamoqda o’tirib chiqqanmisiz, deb so’rashadi. Chunki asarlarimdagi tasvirlar aynan mahbuslar boshdan kechiradigan holatlarni to’g’ri ifoda etishini ular tasdiqlashdi”, - deydi ijodkor.
“Xatlar juda ta’sirchan yozilgan. 15 yil qamoqda o’tirgan odamlar xat yozgan. Ular ozodlikka chiqishdan umidini uzgan odamlar. Masalan, bir mahbusning 80 yoshli onasi haqida chizdim. Qamoqqa o’g’lini ko’rgani borgan onaga o’g’lidan hech narsa olmaslikni buyurishgan. O’g’il esa xotini uchun onasining badaniga ruchka bilan maktub bitadi. Qamoqxonadan chiqishda esa, mahbus nozirlari buni bilib qolib, xatni o’chirishadi. Onaning bu vaziyatdagi holatini qanday ifodalash mumkin? Men bu ayol bilan gaplashdim va o’sha paytdagi his-tuyg’ularini tasvirlashga harakat qildim. Bunday holatlar juda ko’p va ular menga asarlarim uchun g’oya beradi”, - deydi ijodkor.
O’zbekistondagi hamkasblari faoliyati, ijod erkinligi haqida gapirgan rassom boshqa sohalar qatori tasviriy san’at yo’nalishida ham so’z erkinligi cheklanganini aytadi.
“Toshkentlik rassomlar bilan shu mavzuda gaplashganimda, ular menga agar bir dona shunaqa rasm chizib, ko’rgazmaga qo’ysak, keyingi kuni qamoqda tatuirovka chizishimizga to’g’ri keladi, deb aytishdi. Hozir rassomlar bilan hamkorlikda “San’at va inson huquqlari” nomli loyiha boshladim. Masalan, sovetlar davrida erkin ijodkorlar “Samizdat” deb atalgan harakat orqali o’z asarlarini chop etib tarqatishgan. Men ham o’z yurtida asarlarini namoyish eta olmaydigan ijodkorlar uchun bir ijod maydoni yaratmoqchiman. Polsha, Belgiya, Shveysariya kabi mamlakatlar bunga qiziqish bildirib, ko’rgazmalar tashkil etishga taklif qilishyapti. O’zbekistondan yuborilgan siyosiy suratlar ham bor. Albatta, ular yashirin taxalluslar ostida chizilgan”, - deydi hozir AQShda yashab ijod qilayotgan o’zbekistonlik rassom.
Sergey Ignatyevning aytishicha, o’z siyosiy qarashlarini asarlari orqali ifoda etishga urinayotgan rassomlar O’zbekistonda hozir ham bor.
“Bu sohada ijod qilayotgan yaxshi ijodkorlar bor. Masalan, bosmachilar harakati mavzusida ishlayotgan yaxshi bir rassom bor. Milliy qahramonga aylangan bu shaxslar haqida farqli fikr yuritish taqiqlangan hozir. Mohir miniatyurachilar bor. Ular bu san’at orqali siyosiy mavzularga qo’l urmoqda. Albatta, ular bunday asarlarni faqat xorijdagina ko’rsatish mumkinligini tushunishadi. Shuningdek, “Art-strit”, ya’ni “Ko’cha san’ati” degan yo’nalishda ishlayotgan ijodkorlar paydo bo’lmoqda. Ularning barchasi yashirin taxalluslar ostida ishlaydi. Ism-shariflarini men ayta olmayman. Ularning barchasi O’zbekistonda”, - deydi u.
Rassomning aytishicha, ijod erkinligi hozir hatto sovet davridagi holatdan ham ko’ra yomonroqdir.
“Qayta qurish yillari ijod uchun eng ideal davr edi. Hech kimga to’siq yo’q edi. Masalan, tutqunlar hayoti yoki lagerlardagi o’limlar haqida ochiq ijod qilish mumkin edi. Hozir rassomlar, asosan, hech qanday siyosiy va ijtimoiy ma’noga ega bo’lmagan bezak ishlari yoki hukumat buyurtmalarini chizish bilan band. O’z siyosiy va ijtimoiy qarashlarini suratlarda aks ettira oladigan bir-ikkita jasur rassomlar hanuz bor. Ular asarlarini xorijda namoyish ham etishyapti. Ammo buni Toshkentda amalga oshirishning iloji yo’q”, - deydi u.
Sergey Ignatyevga ko’ra, tirikchilik tashvishi ham ba’zan ijod yo’liga g’ov bo’ladi. Ko’plab qobiliyatli rassomlar mablag’ topish uchun tijoriy loyihalarda ishlamoqda. Chunki yashash uchun pul kerak, natijada esa haqiqiy va erkin ijod qilishga ularning vaqti yo’q, deydi u.
Sergey Ignatyev AQShning Florida shtatida yashab ijod qiladi. Rassom asarlarini ko’rib, ularda inson mavzusiga markaziy o’rin berilganini anglash qiyin emas.
“Men uchun yagona bir mavzu yo’q. Umuman, inson haqida ijod qilaman. Uning ichki dunyosini chizaman. Masalan, mahbuslardan kelgan xatlar asosida tasviriy asarlar yaratdim. Bu ijodimdagi mavzulardan biri. Shuning uchun ijodim faqat bir mavzu bilan cheklangan, deb aytolmayman”, - deydi ijodkor.
Qamoqdagi mahbuslar yozgan xatlarni, ular boshdan kechirgan qiynoqlarni o’qib, shu mavzuda rasm chizish niyati tug’ildi menda, deydi u.
“Uch yilcha avval bu ishga qo’l urdim. Bungacha inson huquqlari bilan hech shug’ullanmagan edim. Tasviriy san’atning boshqa turlarida ijod qilar edim. Uch yil oldin qamoqxonalardan chiqqan hujjatlar, xatlar qo’limga tushib qoldi. Ularni o’qigandan so’ng menda bu mavzuga qiziqish uyg’ondi. Hozirgacha shu yo’nalishda ishlab kelyapman”, - deydi u.
Rassom yaqinda inson huquqlariga bag’ishlangan o’z asarlari ko’rgazmasini tashkil etdi. Uning bu mavzudagi 44 kartinasini o’z ichiga olgan ko’rgazma Amerika va Yevropa mamlakatlarida namoyish etilmoqda.
Bu asarlarda O’zbekiston qamoqxonalaridagi qiynoqlar, mahbuslar o’y-kechinmalarini ifodalashga urindim, deydi u. Rassomning aytishicha, mahbuslarning ichki dunyosi realizm tamoyillari asosida yoritilgan.
“Rasmlarim abstrakt emas, voqelikka asoslangan. Ularni ko’rganlar yoki ustaxonamga kelib tanishgan odamlar gap nima haqida ekanini tushunishadi. Menga sobiq mahbuslar qo’ng’iroq qilib, qamoqda o’tirib chiqqanmisiz, deb so’rashadi. Chunki asarlarimdagi tasvirlar aynan mahbuslar boshdan kechiradigan holatlarni to’g’ri ifoda etishini ular tasdiqlashdi”, - deydi ijodkor.
“Xatlar juda ta’sirchan yozilgan. 15 yil qamoqda o’tirgan odamlar xat yozgan. Ular ozodlikka chiqishdan umidini uzgan odamlar. Masalan, bir mahbusning 80 yoshli onasi haqida chizdim. Qamoqqa o’g’lini ko’rgani borgan onaga o’g’lidan hech narsa olmaslikni buyurishgan. O’g’il esa xotini uchun onasining badaniga ruchka bilan maktub bitadi. Qamoqxonadan chiqishda esa, mahbus nozirlari buni bilib qolib, xatni o’chirishadi. Onaning bu vaziyatdagi holatini qanday ifodalash mumkin? Men bu ayol bilan gaplashdim va o’sha paytdagi his-tuyg’ularini tasvirlashga harakat qildim. Bunday holatlar juda ko’p va ular menga asarlarim uchun g’oya beradi”, - deydi ijodkor.
O’zbekistondagi hamkasblari faoliyati, ijod erkinligi haqida gapirgan rassom boshqa sohalar qatori tasviriy san’at yo’nalishida ham so’z erkinligi cheklanganini aytadi.
Sergey Ignatyevning aytishicha, o’z siyosiy qarashlarini asarlari orqali ifoda etishga urinayotgan rassomlar O’zbekistonda hozir ham bor.
“Bu sohada ijod qilayotgan yaxshi ijodkorlar bor. Masalan, bosmachilar harakati mavzusida ishlayotgan yaxshi bir rassom bor. Milliy qahramonga aylangan bu shaxslar haqida farqli fikr yuritish taqiqlangan hozir. Mohir miniatyurachilar bor. Ular bu san’at orqali siyosiy mavzularga qo’l urmoqda. Albatta, ular bunday asarlarni faqat xorijdagina ko’rsatish mumkinligini tushunishadi. Shuningdek, “Art-strit”, ya’ni “Ko’cha san’ati” degan yo’nalishda ishlayotgan ijodkorlar paydo bo’lmoqda. Ularning barchasi yashirin taxalluslar ostida ishlaydi. Ism-shariflarini men ayta olmayman. Ularning barchasi O’zbekistonda”, - deydi u.
Rassomning aytishicha, ijod erkinligi hozir hatto sovet davridagi holatdan ham ko’ra yomonroqdir.
“Qayta qurish yillari ijod uchun eng ideal davr edi. Hech kimga to’siq yo’q edi. Masalan, tutqunlar hayoti yoki lagerlardagi o’limlar haqida ochiq ijod qilish mumkin edi. Hozir rassomlar, asosan, hech qanday siyosiy va ijtimoiy ma’noga ega bo’lmagan bezak ishlari yoki hukumat buyurtmalarini chizish bilan band. O’z siyosiy va ijtimoiy qarashlarini suratlarda aks ettira oladigan bir-ikkita jasur rassomlar hanuz bor. Ular asarlarini xorijda namoyish ham etishyapti. Ammo buni Toshkentda amalga oshirishning iloji yo’q”, - deydi u.
Sergey Ignatyevga ko’ra, tirikchilik tashvishi ham ba’zan ijod yo’liga g’ov bo’ladi. Ko’plab qobiliyatli rassomlar mablag’ topish uchun tijoriy loyihalarda ishlamoqda. Chunki yashash uchun pul kerak, natijada esa haqiqiy va erkin ijod qilishga ularning vaqti yo’q, deydi u.
Your browser doesn’t support HTML5