Dunyoning eng qudratli davlatiga qarshi bu harakat nafaqat AQSh balki uning ittifoqdoshlarini ham oyoqqa turg'azgan, dahshatga solgan. Jorj Bush, o'sha paytdagi prezident, terrorga qarshi xalqaro urush e'lon qilgan. U bugun ham davom etmoqda. Amerikaning hozirgi rahbari Barak Obama Afg'oniston va Iroqdagi mojarolarni tugatib, qo'shinlarni vatanga qaytarishga qaror qilgan.
Saytimizning Video va boshqa qismlarida mavzu yuzasidan ko'plab tahliliy materiallar bor.
Siz 10 yil oldin yuz bergan va oqibatlari hamon har yerda namoyon bu voqealar haqida qanday fikrdasiz? Siz yashayotgan jamiyatga uning ta'siri qanday bo'lgan? Amerika terrorizmga qarshi ko'rgan choralarni qanday baholaysiz? Marhamat, quyida bu borada o'z mulohazalaringizni bildiring.
O'sha kunni aks ettirgan tasvirlar: