O’zbekiston san’at arbobi, davlat mukofoti laureati, musavvir, miniatyura ustasi Xurshid Nazirov "Vashington choyxonasi" mehmoni bo'ldi.
Xurshid Nazirov miniatyura janri bilan tanilgan yorqin ijodkor. O’zbekistonning rasmiy idoralari, qabulxonalar, Oliy Majlis binosi, Temuriylar tarixi muzeyi, mehmonxona, teatrlar, xorijiy davlatlardagi elchixonalarda, umuman, eng yirik davlat dargohlariga sharqona devoriy suratlar chizib keladi.
1995-yilda YUNESKOning “Xalqaro usta” nominatsiyasi sovrindori bo'lgan. Osiyo, Yevropa ko’rgazmalarida o'z asarlari bilan doimiy ishtirok etib sharqona miniatyurani dunyo bo'ylab targ'ib qilmoqda.
Xurshid Nazirov 2014-yildan buyon oilasi bilan AQShda istiqomat qiladi. Ijodini, sharqona miniatura, tasviriy san'atni Amerikada voyaga yetayotgan avlodga yetkazish niyatida.