2017-yil 24-sentabr kuni Nyu-Yorkda Xalqaro taekvondo fеdеratsiyasi (ITF) 22-ochiq turniriga O’zbekistondan to'qqiz sportchi qatnashdi. Taekvondochilar oltita oltin, to'rtta kumush, yettita bronza va jami 17 ta medal bilan vatanga qaytishdi.
Taekvondochilarni musobaqaga tayyorlagan murabbiy Temur Nuraliyev, yosh sportchilar yutuqlaridan xursand. Endi ularni Kanadada bo'ladigan musobaqaga tayyorlash niyatida.
Bu taekvondochilar jamoasi Qozog'iston, Rossiya va Vengriyadagi turnirlarda qatnashgan. Bu yosh sportchilar orasida taekvondo bo'yicha O'zbekiston va Osiyo chempionlari ham bor.
Ular "Vashington choyxonasi" mehmoni bo'ldi.
Facebook Forum