AQShning MTV musiqa telekanali Janubi-sharqiy Osiyoda yoshlar orasida targ’ibot ishlari olib boryapti. Maqsad – yigit qizlarni inson savdosi muammosidan boxabar qilish va kurashga jalb etish.
Mana o’n yildirki MTV odam savdosiga qarshi kurashib keladi. Jamoatchilikni bu muammo haqida xabardor qilish maqsadida konsertlar tashkil etadi, hujjatli filmlar va videokliplar ishlaydi.
Endi esa MTVExit targ’ibot kampaniyasi (http://www.mtvexit.org/1million/) doirasida dunyo bo’ylab tomoshalar uyushtirilmoqda.
Telekanal yoshlarni Facebook va Twitter kabi ommaviy ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish va bu bilan odam savdosiga qarshi kurashishga undamoqda.
Indoneziyalik Putri Damayanti (@pdamayanti) - tashabbusga qo’shilganlardan biri:
“Muammoni hal qilish uchun birinchi navbatda odamlarni undan boxabar qilish kerak. Masala haqida bilsin, o’rgansin… Shunda kompyuterning bittagina knopkasini bosish bilan muammoni hal qilish mumkin bo’ladi,” - deydi u.
Osiyo mamlakatlarida ijtimoiy tarmoqlar katta ahamiyatga ega, deydi Damayanti. Indoneziyada Facebook va Twitterdan 70 million odam foydalanadi. Demak, bu vositalar targ’ibot uchun ayni muddao.
Internet hali keng tarqalmagan jamiyatlar ham bor. Masalan Tailand - Birma chegara hududlari. Bu yerda inson savdosi keng qanot yozgan.
ASEAN, Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi, unga qarshi kurashni asosiy vazifalardan biri deb belgilagan. Dunyo bo’ylab 22 million odam zamonaviy qulchilik deb ataladigan bu illat qurboni. Ularning yarmi aynan Janubi-sharqiy Osiyoda.
ASEAN rasmiylariga ko’ra, inson kontrabandasi ortida turgan jinoyatchilarni jazolash uchun effektiv tizim mavjud. Lekin qilinadigan ishlar ko’p.
Internet tarmoqlari orqali ham faoliyat yuritish kerak, deydi uyushmaning xavfsizlik bo’limi xodimi Xin Mayat Chit.
“Qurbonlar soni kamaymayapti, chunki bu biznesdan foyda katta, xarajat esa kam. Demak, yoshlarni, jamoatchilikni bu muammoga qarshi kurashga jalb etishimiz kerak”.
Birmada MTVExit dasturining birinchi konserti bo’lib o’tdi. Dasturning internet saytida targ’ibot kampaniyasini qo’llab-quvvatlasang, knopkani bos, degan yozuvlar bor. Bunday yondashuvni tanqid qilayotganlar kompyuter knopkasini bosish bilan ish bitmaydi, deydi. Lekin MTV dasturi ishtirokchilari so’zlariga ko’ra, yoshlar bilan ishlashning eng samarali yo’li aynan internet.
Your browser doesn’t support HTML5