BMTning global hisobotiga ko'ra, Osiyoda giyohvand moddalarni ishlab chiqarish, ularning savdosi va iste'moli jiddiy muammo. Ayniqsa Xitoy va Janubi-sharqiy Osiyoda ahvol tobora yomonlashmoqda.
Hisobotda aytilishicha, tarkibida amfetamin moddasi bo'lgan sun'iy narkotiklar iste'molchilarining yarmi osiyoliklar hissasiga to'g'ri keladi.
Osiyoda afyun yetishtirish ham jadallashmoqda, ammo bu borada boshqa mintaqalarda jiddiy o'zgarish qayd etilmagan.
Izlanish natijasiga ko'ra, Gongkong, Malayziya, Vyetnam va, asosan, Xitoyda ketamin kabi retsept bilan beriladigan sintetik dorilar iste'moli kuchaygan. Bruney, Yaponiya, Filippin va Janubiy Koreyada esa yoshlar metamfetaminga ruju qo'ygan. Butan va Shri-Lankada nasha va amfetamin iste'moli kuchaygan.