Arizona tog'larini kezayotgan ko'zi ojiz sportchi

  • Amerika Ovozi

Amerikalik Shon Chishayr yaqinda Arizona shtatidagi Grand-Kanyon, buyuk vodiyni u chetidan bu chetigacha kezib chiqdi. U imkoniyati cheklangan, paralimpik sportchi.

Your browser doesn’t support HTML5

Arizona tog'larini kezayotgan paralimpik sportchi

68 kilometr balandlik, uning ustiga notekis maydonni 24 soatda aylanib chiqish mashaqqat.

“So’nggi yillarda hech kimga suyanmasdan yurish niyati hayolimdan ketmadi. Buyuk vodiyday joylarni mustaqil kezish, men uchun erkinlik”, - deydi Shon Chishayr.

U paralimpik, ya’ni imkoniyati cheklangan sportchi. To’qqiz yil oldin ko’rish qobiliyatini yo’qotgan. U Rio-de-Janeyrodagi paralimpik velopoygada qatnashgan. 2020-yilda Tokioda bo’ladigan musobaqaga tayyorlanyapti.

Ungacha Arizona shtatidagi buyuk vodiyni kezishga ahd qilgan.

“Uddasidan chiqdik deb quvonchim yuragimga sig’masdi, ishongim kelmadi. O’zimdan qoniqish his qildim, rohatlandim”, - deydi sportchi.

Sayohatni amalga oshirishda uning do’stlari birga chiqib, yo’l-yo’riq ko’rsatib turdi. Ko’zi ojiz sportchi sifatida u, Grand-Kanyon vodiysini kezish bo’yicha rekordni yangiladi.

“Hamma qismiga yeta oldik. Shimoliy burchaklarini ham ko’rdik. Nechta cho’qqini ko’rgan bo’lsak, hech birini bunday tez aylanib chiqmaganmiz”, -deydi uning do’stlaridan biri Sara Kranz.

Toqqa chiqish ham mashq, ham do’stlar uchun diydor bo’ldi.

“Nimalarga qodir ekanimni, o’zimni, qolaversa vodiy haqida ham o’rgandim”, - deydi Skot Dram.

Arizona buyuk vodiysini kezish paralimpik sportchi uchun yana bir yutuq bo’ldi.