BMT: Birmada musulmonlar holi ayanchli

  • Amerika Ovozi
BMTning gumanitar masalalar bo’yicha rahbari Valeri Amos Birmaning Roxinya shahrida musulmonlar holini “ayanchli” deb ta’riflamoqda.

Your browser doesn’t support HTML5

Kundalik eshittirish, 6-dekabr, 2012-yil


Rasmiy dahshatli etnik zo’ravonlikdan qochib, chodirlarda yashayotgan minglab insonlar bilan ko’rishgan.

Nafratdan bosh olib ketgan butun boshli oilalar nochor, g’arib bir sharoitda yashashga majbur, deydi Valeri Amos bugun Raxin shtatida bir necha qochqinlar lagerini ko’zdan kechirar ekan.

Yozda va keyinroq, kuzda musulmonlar va buddistlar o’rtasida alanga olgan adovat o’nlab fuqaroni hayotdan olib ketgan. 115 ming odam uyini tashlab qochib. minglab uylarning kuli ko’kka sovurilgan.

Qonli zo’ravonliklar tinganday ko’rinsa-da, deydi Valeri Amos, diniy jamoalar o’rtasida g’azab hissi hamon kuchli. Ko’plar qo’rquvda yashamoqda, deydi u.

Birma armiyasi to’polon qaytalashining oldini olish uchun musulmon va buddistlarni ajratib, bir-biridan uzoqqa ko’chirishga majbur bo’lmoqda.

Faollarning tanqidi shuki, Birma hukumati musulmonlarni uzviy huquqlardan, jumladan, fuqarolikdan mahrum qilgan. Aksariyati ishsiz, farzandlari maktabga bormaydi.