Birma muxolifati yetakchisi Amerikada nufuzli mukofotga loyiq topildi

  • Amerika Ovozi

Tinchlik bo’yicha Nobel mukofoti sohibasi ozodlik va insoniylik razmiga aylangan, deydi faollar.

Birma muxolifati yetakchisi Aun San Su Chi sentabrda Amerikaga kelib, huquq bobida nufuzli mukofotni qabul qilib oladi.

Arbob oxirgi bor 1980-yillarda, BMTda ishlab yurgan paytlarida AQShda bo’lgan.

Amerikada asoslangan, Atlantika Kengashi (Atlantic Council) nomli huquqiy tashkilot Aun San Su Chini demokratiya va inson qadr-qimmati yo’lida ko’rsatgan jasorati uchun taqdirlamoqda.

Tinchlik bo’yicha Nobel mukofoti sohibasi ozodlik va insoniylik razmiga aylangan, deydi faollar.

AQSh rasmiylari va biznes ahlidan iborat delegatsiya ayni damda Birmaga safar qilib, uzoq yillik repressiyadan so’ng dunyoga eshiklarini ochib bergan bu jamiyatda sarmoya imkoniyalarini ko’zdan kechirmoqda.

Aun San Su Chi fikricha, sanksiyalarni olib tashlashga shoshmaslik kerak, chunki neft va gaz kabi sohalar hamon yopiq, korrupsiyaga botgan; siyosiy mahbuslar masalasi hamon yechimini kutmoqda, deydi u.