Birma matbuotiga ko’ra, g’arbdagi Raxin shtatida joriy hafta buddist va musulmonlar o’rtasida janjal qayta alanga olib, minglab xonadonlarga o’t qo’yilgan.
Chekka Minbyar va Mrauk-U shaharlari ayniqsa ko’p talofat ko’rgan. Ikki odam o’lib, sakkiz fuqaro jarohat olgani aytiladi.
Bu iyun oyidan beri eng qonli to’qnashuv edi, deydi guvohlar. Yozda buddist va musulmon aholi qattiq olishib, ziddiyat o’nlab odamni hayotdan olib ketdi. Minglab fuqarolar uyini tashlab qochgan.
Inson huquqlari bo’yicha Human Rights Watch tashkiloti vakili Metyu Smitning Amerika Ovoziga aytishicha, so’nggi hujumlarda asosan musulmon xonadonlar ziyon ko’rgan. Biroq har ikki tomon zo’ravonlikka qo’l urgani haqida xabarlar bor.
Sal oldin Islomiy hamkorlik tashkiloti Birmada idoralar ochishga kelishib olgan, biroq mamlakatda avj olgan norozilik namoyishlari ketidan Birma hukumati qaroridan qaytgan edi. Shundan beri mojaro xalqaro hamjamiyat diqqat markazida.
Birma prezidenti Teyn Seyn yakshanba kungi chiqishida ixtilof keng tus olayotganini tan olib, qo’shni musulmon davlatlardan yordam so’rash zaruratini e’tirof etgan.
Yozda Birmada musulmonlar buddist ayolni zo’rlagani haqidagi xabar tarqalgach, diniy adovat kuchaygan.
Faollar tanqidi shuki, mamlakatda ozchilik etnik guruhlar va musulmonlar tahqirlanadi; ularning uzviy huquqlari poymol etiladi.
Your browser doesn’t support HTML5